Prevyu: Mashal - So'g'diyona
13 okt 2017 09:20
Yangiliklar


Prevyu: Mashal - So'g'diyona
Mashal - So'g'diyona
Hakamlar: Ilgiz Tantashev (Buxoro), Abduraxmon Qo'ldoshev (Buxoro), Xusniddin SHodmonov (Buxoro), Igor Gormashev (Toshkent).
Nazoratchi: Marat Ismoilov (Toshkent).
O'zPFL vakili: Lyotkin Valeriy Nikolaevich
“Mashal” va “So'g'diyona” oliy ligada 25 bora to'qnash kelishgan. Natijalar “Gazchilar”ning katta ustunligini ko'rsatmoqda.
“Mashal” hamda “So'g'diyona” klublari oliy ligada shu kungacha 25 bor kuch sinashishgan. “Mashal” hisobida 11 g'alaba, “So'g'diyona”da esa 7 ta g'alaba mavjud. 7 o'yinda durang natija qayd etilgan. To'plar nisbatida ustunlik “Gazchilar” tomonida: 34:26. O'zaro o'yinlarda “Mashal” jamoamizda 40 ochko, “So'g'diyona ” 28 ochkoni qo'lga kiritgan. “Mashal”ning eng yirik g'alabasi 5:1, “So'g'diyona”ning eng yirik muvaffaqiyati 3:1 bo'lib turibdi.
Birinchi davraning 9-turda Jizzaxda bo'lib o'tgan o'yinda mezbonlar yirik 3-0 hisobida g'alaba qozongan. Gollarni Sunnatilla Mamadaliev , Sanjar Rashidov, Ixtiyor Toshpo'latovlar kiritishgan.
“Mashal” maydonida o'tgan barcha uchrashuvlar:
16.09.2016 Mashal - So'g'diyona 1:1
18.09.2015 Mashal - So'g'diyona 0:0
03.08.2014 Mashal - So'g'diyona 3:2
21.05.2011 Mashal - So'g'diyona 1:1
09.11.2009 Mashal - So'g'diyona 2:0
02.11.2008 Mashal - So'g'diyona 0:0
10.08.2006 Mashal - So'g'diyona 3:0
15.04.2005 Mashal - So'g'diyona 5:1
10.03.2004 Mashal - So'g'diyona 0:1
16.11.2002 Mashal - So'g'diyona 1:0
31.05.1996 Mashal - So'g'diyona 1:1
07.10.1995 Mashal - So'g'diyona 2:0
O'zaro o'yinlar haqida fakt: Muborakdagi 12 ta o'yindan 6 tasida “Mashal”, 1 tasida “So'g'diyona” g'alaba qozongan. 5 ta o'yinda durang natijasi qayd etilgan. Oxirgi sakkiz yilda “So'g'diyona” safarda “Mashal”ni mag'lub eta olmagan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar