So’nggi yangiliklar

01:45"Сабаҳ" ва Умарали Раҳмоналиев Европа лигаси саралашида муваффақиятсизликка учради  2 01:22"Галатасарой" Осимхенни сотиб олишга яқин турибди  1 00:54Кристиан Вьери: "Челси" АПЛ ғолиби бўлади"  2 00:31Шайхлар Винисиусни "нишонга олди" ва рекорд сумма тўлашга тайёр  7 00:13"Интер"нинг Лукман учун таклифи "Аталанта"га маъқул келмади  0 23:43"Бунёдкор" назорат ўйинида "Абдиш Ата" билан дуранг қайд этди  0 23:15"Истанбул Башакшеҳир" назорат ўйинида ғалаба қозонди, Элдор Шомуродовдан ассист  3 22:47"Сурхон" Дмитрий Плетнёвнинг кетганини эълон қилди  4 22:24"Манчестер Сити" рекорд трансферни эълон қилди  6 22:04"Реал"да зиддият: Перес ва Алонсо ўртасидаги илк қарама-қаршиликлар юзага чиқди   9 21:26Консейсаунинг "Ювентус"даги келажаги аниқ бўлди  2 21:05"Реал" Алабадан қутулмоқчи  2 20:53"Айнтрахт" Экитикени "Ливерпуль" таклиф қилган суммага сотмади  3 20:40Пол Мерсон Мадуэкенинг "Арсенал"га ўтишини бемаънилик деб баҳолади  1 20:13Ироқлик футболчи мухлислар билан хайрлашди ва Тошкент томон йўлга чиқди  3

PREVYU. “Mashal” –“So'g'diyona” Yangiliklar

PREVYU. “Mashal” –“So'g'diyona”

Teglar :  So'g'diyonaMashal
Oliy liganing 24-turida Jizzaxning “So'g'diyona” jamoasi Muborakning “Mashal” klubi mehmoni bo'ladi.

USHBU MAVSUMDA

Birinchi davrada 9-turida “So'g'diyona” o'z maydonida “Mashal”ga qarshi bahs olib borgan edi. Ushbu bahsda Sunnatilla Mamadaliev 11  daqiqada hisobni ochgan edi.O'yinning 85 daqiqasida jamoa sardori Sanjar Rashidov hisobni 2:0 ko'rinishiga olib kelgan edi. 90+3 qo'shimcha  daqiqalarda  Ixtiyor Toshpo'latov 3 golni kiritishga muvaffaq bo'lgan va shu  tariqa bahs 3:0 hisobida yakuniga etgan edi.

“So'g'diyona” o'tgan turda “Dinamo” ga qarshi  o'yinni o'tkazdi va ushbu o'yinda hisob ochilmagan bo'lsa, “Mashal” safarda  “Bunyodkor”ni mag'lub eta olmadi va 4:0 hisobida  mag'lubiyatga uchragan. “Mashal” 34 ochko bilan turnir jadvalida  8-o'rinni band etib turgan bo'lsa, “So'g'diyona” 24 ochko bilan 12-o'rindan joy olgan.

O'YINI  FIFA REFERESI ILGIZ TANTASHEV  BOSHQARADI


Hakamlar: Ilgiz Tantashev (Buxoro), Abduraxmon Qo'ldoshev (Buxoro), Xusniddin SHodmonov (Buxoro), Igor Gormashev (Toshkent).

Nazoratchi: Marat Ismoilov (Toshkent).

O'zPFL vakili: Lyotkin Valeriy Nikolaevich

O'ZARO USTUNLIK

“Mashal” hamda “So'g'diyona”  klublari oliy ligada shu kungacha 25 bor kuch sinashishgan.“Mashal” hisobida 11 ta, “So'g'diyona” hisobida 7 ta g'alaba mavjud. 7 o'yinda  durang natija qayd etilgan. To'plar nisbatida ustunlik “Mashal” tomonida:  -34:26. “Mashal” 40, “So'g'diyona ” o'zaro o'yinlarda 28 ochkoni qo'lga kiritgan. “Mashal”ning eng yirik g'alabasi 5:1, “So'g'diyona”ning eng yirik muvaffaqiyati  5:1.

“Mashal” maydonida o'tgan barcha uchrashuvlar:

16.09.2016 Mashal - So'g'diyona 1:1
18.09.2015 Mashal - So'g'diyona  0:0
03.08.2014 Mashal - So'g'diyona 3:2
21.05.2011 Mashal - So'g'diyona 1:1
09.11.2009 Mashal - So'g'diyona 2:0
02.11.2008 Mashal - So'g'diyona 0:0
10.08.2006 Mashal - So'g'diyona 3:0
15.04.2005 Mashal - So'g'diyona 5:1
10.03.2004 Mashal - So'g'diyona 0:1
16.11.2002 Mashal - So'g'diyona 1:0
31.05.1996 Mashal - So'g'diyona 1:1
07.10.1995 Mashal - So'g'diyona 2:0

O'ZARO O'YINLAR HAQIDAGI FAKT:

O'zaro o'yinlar haqida fakt: Muborakdagi  12 ta o'yindan 6 tasida “Mashal”, 1 tasida “So'g'diyona”  g'alaba qozongan. 5 ta o'yinda durang natijasi qayd etilgan.


O'YIN VAQTI VA JOYI.

Yoshlar ligasi bahsi 12 oktyabr  kuni soat 15:00 da “B.Vafoev” nomli kichik o'yyingohda bo'lib o'tadi. Asosiy tarkib uchrashuvi 13 oktyabr  kuni 16:30 da “B.Vafoev ”nomli markaziy o'yingohda  o'tkaziladi.

JAMOA TO'PO'RARLARI.

“So'g'diyona” jamoa sardori Sanjar Rashidov chempionat to'po'rarlar ro'yxatida 4 o'rinni egallab turibdi. Uning hisobida 12 ta gol bor. Jamoa hujumchisi Ixtiyor Toshpo'latov hisobida esa 5 ta gol bor. Azamat Isroilov 2 ta gol,Sardor Eminov,Sarvar Jo'raev hisobida 1 tadan gol mavjud.

“So'g'diyona” matbuot xizmati

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика