Prevyu. "Mashal" - "Navbahor"
03 avg 2015 09:30
Yangiliklar
Prevyu. "Mashal" - "Navbahor"
Mashal (Muborak) – Navbahor (Namangan)
3 avgust 2015 yil. Muborak. Bahrom Vafoev nomidagi stadion. 18:30
Hakamlar: O. Tolibjonov (Toshkent), N. Ro'zimov (Toshkent), A. Sidorov (Toshkent), E. Tursunov (Buxoro)
Nazoratchi: S. Najafaliev (Toshkent).
“Mashal” va “Navbahor” oliy ligada jami 29 bora to'qnash kelishgan. Natijalar muborakliklarning ustunligini ko'rsatmoqda. “Mashal” 12ta o'yinda zafar quchgan, 6ta o'yinda durang qayd etilgan. “Navbahor” hisobi 11ta g'alaba bor. To'plar nisbatida esa “Navbahor” oldinda - 38:34. O'zaro o'yinlarda “Navbahor” 39, “Mashal” 42 ochkoni qo'lga kiritgan.
“Navbahor”ning o'zaro o'yinlarda qozongan eng yirik g'alabasi – 8:0 ga teng. “Mashal”da bu ko'rsatkich 5:0 bo'lib turibdi.
Birinchi turda Namanganda o'tgan bahsda “Mashal” 2:0 hisobida g'alaba qozongan. Vladislav Ivanov va SHoxrux Dostonovning gollari Muborak klubiga uch ochko keltirgan edi.
Muborakda o'tgan so'nggi besh uchrashuv:
06.06.2014 Mashal - Navbahor 3:1
30.06.2012 Mashal - Navbahor 2:0
14.06.2011 Mashal - Navbahor 2:0
31.10.2010 Mashal - Navbahor 2:0
15.08.2009 Mashal - Navbahor 3:1
O'zaro o'yinlar haqida fakt: Bu jamoalarning Muborakda o'tgan o'yinlarida “Mashal” 9 bor zafar quchgan. Uch bor g'olibni aniqlashning imkoni bo'lmagan. “Navbahor” hisobida 2ta g'alaba mavjud. So'nggi marta “Navbahor” Muborakdan 2004 yil g'alaba bilan qaytgan. SHundan keyin tashkil etilgan 9ta uchrashuvda “Mashal” o'z uyida bu jamoani faqat mag'lub etgan.
Fikrlar