Prevyu. Mashal-2 - UzDongJu
05 noy 2016 12:50
Yangiliklar
Prevyu. Mashal-2 - UzDongJu
Andijonning UzDongJu jamoasi safarda Qashqadaryo viloyati Muborak shahrining Mashal-2 jamoasi mehmoni bo'ladi. Ushbu uchrashuv jamoalarning o'zaro o'ninchi to'qnashuvi hisoblanadi. O'tkazilgan to'qqizta o'yinda jamoalar to'rttadan g'alabaga erishishgan bo'lsa bitta bahsda durang natija qayd etilgan. To'plar nisbati 14:8, UzDongJu foydasiga.
Birinchi davrada Andijondagi o'yinda maydon egalari 3:0 hisobida yirik g'alabaga erishgan. Jamoalarning musobaqa jadvalidagi egallab turgan o'rinlariga etibor qaratsak, UzDongJu jamoasi o'tkazilgan 30 bahsdan 55 ochko jamg'arib 4-o'rindan mustahkam joy egallab turgan bo'lsa, mezbonlar Mashal-2 jamoasi esa 31-o'yindan 37 ochko jamg'arib 9-o'rinni band etib turishibdi.
Ushbu bahsni buxorolik hakamlar brigadasi boshqarib boradi bosh hakam SHuhrat Rajabovga qanotlarda Aleksandr Burov va SHavkat Rahmatovlar yordam berishadi. Nazoratchi hakam Viloyat Najafaliev. Ushbu bahs Muborak shahridagi Bahrom Vafoev stadionida soat 15:00 boshlanishi rejalashtirilgan.
Ikkala jamoaga ham omad tilaymiz.
36- tur 5-noyabr(shanba)
Mashal-2 (Muborak)- UzDongJu (Andijon).B.Vafoev stadioni.
Xakamlar: SH.Rajabov (Buxoro), A.Burov (Buxoro), SH.Raxmatov (Buxoro).
Nazoratchi: O.Rubakov (Toshkent).
UzDongJu FK matbuot kotibi SHerzodbek Mamadaliev tayyorladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ-2. "Андижон" Қатарда "Ал Аҳли"га ютқазди ва мусобақа билан хайрлашди
Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
"Барселона" собиқ президенти: "Бизда Месси, Хави ва Иньеста борлиги учун ғалаба қозонганмиз. Ёки Европада ҳам Негрейра ғалаба қозониб берганми?"
Fikrlar