So’nggi yangiliklar

10:22"Ювентус" "Атлетико" ҳужумчисига қизиқиш билдирмоқда  0 09:53"Фиорентина" "Тоттенхэм" футболчисини ижарага олди  0 09:24АПЛнинг мухлислар талқинига кўра йил рамзий термаси эълон қилинди  1 08:55Sofascore талқинига кўра топ-5 лигалардаги энг яхши футболчилардан тузилган рамзий жамоа эълон қилинди  1 08:26Роберто Карлос касалхонадан чиқди  0 07:59Sofascore. Шукуров ва Мозговой неча баҳога лойиқ кўрилди?  1 07:30Алижонов Эрон клуби билан келишувга эришди  10 02:40А Серия. "Милан" Сардинияда ғалабага эришди  3 01:23Роналду 5 ой деганда чемпионатда гол ура олмади  9 00:55"Интер" футболчиси "Ювентус"га ўтишни истамоқда  0 00:40Саудия Арабистони. Иккита қизил, 5та гол - "Ал Насср" мавсумда илк марта мағлуб бўлди  12 00:13"Ливерпуль" футболчисига шартнома таклиф қилади  0 23:47"Борнмут" 37 ёшли дарвозабон билан шартнома имзолади  0 23:24"Бавария" Гвардиоланинг собиқ ёрдамчисини ишга олди  1 22:50БАА. "Бани Яс" ўз майдонида ютқазди, Шукуров пенальтидан гол ура олмади  7

Prevyu. "Lokomotiv" - "Paxtakor" Yangiliklar

Prevyu. "Lokomotiv" - "Paxtakor"

Teglar :  LokomotivPaxtakor
Oliy liganing 9-turining birinchi o'yinida "Lokomotiv" va "Paxtakor" klublari to'qnash kelishadi.

Lokomotiv (Toshkent) – Paxtakor (Toshkent)
12 may 2016. Toshkent. "Lokomotiv" stadioni. 17:00
Hakamlar
: R. Ermatov (Toshkent), A. Rasulov (Toshkent), J. Saidov (Toshkent), A. Ergashev (Toshkent)
Nazoratchi: A. Arutyunov (Toshkent).

“Lokomotiv” hamda “Paxtakor” oliy ligada 22 bora to'qnash kelishgan. SHulardan 15tasida “sherlar” g'olib bo'lishgan, 5ta o'yinda g'olib aniqlanmagan. “Lokomotiv” hozirga qadar “Paxtakor”ni ikki marta mag'lub etgan. To'plar nisbati “Paxtakor” foydasiga 54:19 ni tashkil qilmoqda. O'zaro o'inlarda “Paxtakor” 50, “Lokomotiv” esa 11 ochkoni qo'lga kiritgan.

“Paxtakor”ning “Lokomotiv” ustidan qozongan yirik g'alabasi – 7:1ga teng. “Temiryo'lchilar” eng yirik g'alabasi – 2:1.

O'tgan yil ikkala jamoa o'z uyida g'alaba qozongan. "Lokomotiv" uyida Ruslan Koryan va Ikrom Aliboevning urgan gollariga mehmonlar safida Stanislav Andreev javob bergandi - 2:1. "Paxtakor" mezbon bo'lganida SHerzod Karimov va Jaloliddin Masharipovning kiritgan to'plariga "temiryo'lchilar" safida Lutfulla To'raev javob bergandi - 2:1.

“Lokomotiv” maydonida o'tgan so'nggi besh uchrashuv:

27.04.2015 Lokomotiv - Paxtakor 2:1
21.10.2014 Lokomotiv - Paxtakor 1:3
04.10.2013 Lokomotiv - Paxtakor 0:1
27.04.2012 Lokomotiv - Paxtakor 1:1
15.08.2010 Lokomotiv - Paxtakor 0:2

O'zaro o'yinlar haqida fakt: “Lokomotiv” o'z maydonida bo'lib o'tgan 11 o'yinning faqat bittasida g'alaba qozona olgan. Uch marta durang o'ynagan. Qolgan etti o'yinda “Paxtakor” raqib maydonidan uch ochko bilan qayta olgan.

Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика