So’nggi yangiliklar

22:50Аёллар. Ўзбекистон терма жамоасини Непални пенальтилар сериясида мағлуб этиб, 22 йиллик танаффусдан сўнг Осиё чемпионатига чиқди  3 22:10Качоррининг дубли "Бунёдкор"га "Андижон" устидан ғалаба тақдим этди  33 21:55Суперлига. ОКМК "Машъал" майдонида қийинчилик билан ғалаба қозонди  3 21:00ПСЖ — "Бавария". Таркиблар маълум  49 20:29"Челси" 48,5 млн фунтлик трансферни эълон қилди  2 19:46Ўзбекистон ва Непал дуранг ўйнаса нима бўлади?  5 18:06Деку ва Флик ҳозирда Рэшфорд трансферини кўриб чиқмаяпти. "Барса" Диасга эътибор қаратмоқда  2 17:30"Сен буни ўқийсан". Жотанинг энг яқин дўсти ҳалок бўлган футболчига мактуб ёзди  4 16:40"Интер" ва "Галатасарой" Чалханоглу трансфери бўйича музокараларни бошлади  0 16:10Ўзини тополмаган ўнлик: Биринчи давранинг омадсиз трансферлари   11 15:51Расман: Кайл Уокер янги клубга ўтди  0 15:16Дюмфрис Англия топ клубига ўтиши мумкин  0 14:41Жота ва гуллар  9 13:46"Арсенал" баскетболчи учун 80 миллион евро тайёрламоқда   3 13:08Нико Уильямснинг товон пули миқдори маълум бўлди  10

PREVYU. LOKOMOTIV – NAVBAHOR Yangiliklar

PREVYU. LOKOMOTIV – NAVBAHOR

Oliy liganing 14-turidan o'rin olgan so'nggi uchrashuvda "Lokomotiv" va "Navbahor" to'qnash kelishadi.
Lokomotiv (Toshkent) – Navbahor (Namangan)
4 avgust. Toshkent. “TTYMI” stadioni. 19:00
Hakamlar
: B. Namozov (Toshkent), O. Abduvasilov (Toshkent), N. Ro'zimov (Toshkent), A. Rubakov (Toshkent).
Nazoratchi: S. Najafaliev (Toshkent).

“Navbahor” hamda “Lokomotiv” oliy ligada jami 19 bora to'qnash kelishgan. “Lokomotiv” 8 marta, “lochinlar” 7 marta g'olib chiqqan, 4ta bahsda durang natijasi qayd etilgan. To'plar nisbati “Navbahor” foydasiga 29:25ni tashkil qilmoqda. O'zaro o'yinlarda “Loko” 28, “Navbahor” 25 ochkoni qo'lga kiritishgan.

“Navbahor”ning “Lokomotiv” ustidan qozongan yirik g'alabasi – 6:2. “Temiryo'lchilar”ning o'zaro o'yinlarda namanganliklar ustidan qozongan eng yirik g'alabasi 3:0.

Birinchi turda Kosonsoyda bo'lib o'tgan o'yinda “temiryo'lchilar” muvaffaqiyat qozonishgan. Birinchi bo'limga qo'shib berilgan daqiqada Ivan Nagaev mezbonlarni mag'lub etishga etarli bo'lgan to'pni kiritgandi – 0:1.  

Toshkentda o'tgan so'nggi besh uchrashuv:
03.11.2013 Lokomotiv - Navbahor 3:0
25.10.2012 Lokomotiv - Navbahor 3:0
24.04.2010 Lokomotiv - Navbahor 1:3
03.10.2009 Lokomotiv - Navbahor 2:0
28.08.2008 Lokomotiv - Navbahor 3:2

O'zaro o'yinlar haqida fakt: “Lokomotiv” o'z maydonida bo'lib o'tgan 9ta o'yinning 6tasida g'olib chiqqan. Ikki marta g'olib aniqlanmagan bo'lsa, “Navbahor” safarda faqat bir bor muvaffaqiyat qozongan. 2010 yilgi mavsumda “lochinlar” Toshkentdan 3:1 hisobidagi g'alaba bilan qaytishgan. Oxirgi ikki yilda “Navbahor” safarda bu raqibga mag'lub bo'lgan.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика