So’nggi yangiliklar

01:22Эрик тен Хаг: "Биз жамоани қайта қуряпмиз"  2 00:45"Барселона", ниҳоят, "Боруссия" Д билан ҳисоблашди  2 00:22Эсанов тўп тепадиган "Акрон" машҳур ҳужумчини трансфер қилди  2 23:51Бу қизиқ! Россия термаси "ўйлаб топилган" футболчилар билан тасвирланди  2 23:19"Челси" футболчиси Туркия томон йўл олмоқда  0 22:55"Манчестер Юнайтед" Саутгейтга таклиф билан чиқдими? Гарет жавоб берди  2 22:38Родри: "Бу ақлбовар қилмас даражада ёқимли"  1 22:10ПСЖ Мбаппе борасида бир қарорга келган  1 21:49Фабио Капелло "Олтин тўп"ни кимга бериш кераклигини айтди  1 21:21ПСЖнинг Мбаппе билан ишлари якунланмаган экан  0 20:59Тен Хаг Роналдуга жавоб қайтарди  12 20:23Асрор Алиқулов: “Футболда натижани олдиндан айтиб бўлмайди“  1 20:19Улуғбек Бакаев: “Машъал” ҳимояда яхши ўйнади”  4 20:00"Арсенал" товон пули 100 миллион евролик ҳужумчига қизиқиш билдирмоқда   2 19:38Агар Араухо шартномасини узайтирмаса, "Барселона" уни сотиб юборади  9

PREVYU. Liverpul shahrini ikkiga bo'ladigan o'yin Yangiliklar

PREVYU. Liverpul shahrini ikkiga bo'ladigan o'yin

Bugun Liverpul shahridagi "Enfild" stadionida Mersisayd derbisi bo'lib o'tadi.

"Liverpul" "Everton" bilan o'yinga u qadar yaxshi kayfiyatda etib kelmadi. Yurgena Klopp shogirdlari ECHL doirasida PSJga yutqazibqo'yishdi. "Liverpul" ECHLda safardagi uchala o'yinda ham yutqazib qo'ydi.

Biroq klubning APLdagi ishlari joyida: "qizillar" ikkinchi o'rinda borishmoqda va oxirgi 14ta o'yinda yutqazishmadi.

Asosiy tarkibda Jordan Xenderson "Everton"ga qarshi diskvalifikaciya tufayli o'ynamaydi.

"Everton" esa mavsumni u qadar yaxshi boshlamagandi. So'nggi paytlarda natijalar yaxshilandi. Marku Silva shogirdlari mavsum davomida kuchayishdi.

Oxirgi 7ta o'yinda "Everton" besh marta g'alaba qozondi. Faqat "CHelsi" (0:0) va "Manchester Yunayted" (1:2) bilan o'yinlarda ochkolar boy berildi.

"Everton"da jarohat olganlar yo'q. Faqat Jonjo Kennining maydonga tushishi so'roq ostida.




"LIVERPUL" - "EVERTON"
2 dekabr. Liverpul. "Enfild" stadioni. 21:15 (Toshkent vaqti).
Bosh hakam - Kris Kavana (Lankashir).

"Liverpul"
: Alisson – Aleksander-Arnold, Gomes, van Deyk, Robertson – Veynaldum, Fabino – SHakiri, Firmino, Mane – Salax

"Everton": Pikford – Koulmen, Kin, Mina, Din – Gomesh, Guye – Lukman, Sigurdsson, Bernard – Risharlison

O'ynamaydi: Oksleyd-CHemberlen, Xenderson — …

So'roq ostida: Origi, Lallana, Solanke – Kenni.


Liverpool

Divock Origi - 90'

Premier League . 14-tur

02/12/2018, 20:15

0
:
1
Tugadi

Everton

Stadion: Anfield, 51756 tomoshabin

Bosh hakam: Chris Kavanagh

45'
90'
33'  Xherdan Shaqiri
71'  Xherdan Shaqiri (Naby Keita)
75'  Mohamed Salah (Daniel Sturridge)
77'  Fabinho
80'  Joseph Gomez
84'  Roberto Firmino (Divock Origi)
90'  Divock Origi
63'  Theo Walcott (Ademola Lookman)
88'  Andre Gomes
89'  Bernard (Dominic Calvert-Lewin)
90'  Gylfi Sigurdsson
90'  Gylfi Sigurdsson (Kurt Zouma)




Qiziqarli faktlar:

"Liverpul" APLda o'z maydonida oxirgi 27ta o'yinda hech kimga yutqazmadi.

"Liverpul" APLda o'z uyidagi oxirgi 11ta o'yinning 10tasida gol o'tkazmadi.

Safarda "Everton" APLda safardagi oxirgi 7ta uchrashuvda bir martagina yutdi, bu o'yinlarning 6tasida jamoa gol o'tkazdi.

"Liverpul" "Everton"ga qarshi barcha musobaqalar doirasida 21ta o'yindan buyon mag'lub bo'lmayapti.

Bugun "Liverpul" – "Everton" o'rtasidagi 232-o'zaro bahs bo'ladi. SHuningdek yuqori diviziondagi yubiley 100-Mersisayd derbisining guvohi bo'lamiz.

"Everton" chempionatda so'nggi 7ta o'yinning faqat bittasida imkoniyatni boy berdi.

"Everton" "Liverpul" bilan oxirgi o'zaro 17ta o'yinning hech birida yuta olmagan. Bularning 9tasida durang kuzatilgan.


Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика