So’nggi yangiliklar

11:00Шомуродовнинг триумфи: А Серияда 26-тур якунлари  0 10:53«Рома»ни янги мавсумда бошқаришга асосий даъвогар маълум  6 10:22"Манчестер Сити" ҳимоячиси расман қанча муддатга сафдан чиққани маълум қилинди  2 09:56Sofascore. Шукуров энг катта баҳолардан бирини олди  2 08:53ЦСКА аргентиналик футболчини сотиб олишга яқин  1 08:22Артём Довбикнинг ҳолати ҳақида маълумот берилди  3 07:47Раньери энди Шомуродов асосий ҳужумчими деган саволга жавоб берди  7 07:23Sofascore. Ҳусанов ва унинг шериклари «Тоттенхэм»га қарши учрашувда қандай баҳо олишди?  8 04:01Пеп Гвардиола "Тоттенхэм"га қарши ўйиндан кейин Ҳусанов ҳақида жуда илиқ фикрлар билдирди  27 03:50Яқиндагина ЕЧЛни тарк этган "Ювентус" энди Италия кубоги билан ҳам хайрлашди  6 03:25Испания кубоги. "Реал Мадрид" ярим финалнинг илк баҳсида "Реал Сосьедад"ни кичик ҳисобда мағлуб қилди   23 03:20АПЛ. "Ливерпуль" ўз уйида "Ньюкасл"ни мағлуб этди ва жадвалдаги етакчилигини янада мустаҳкамлади  13 02:50АПЛ. "Арсенал" яна очко йўқотди, "Манчестер Юнайтед" иродали ғалаба қайд этди  19 02:30АПЛ. "Манчестер Сити" меҳмонда "Тоттенхэм"ни мағлубиятга учратди. Ҳусанов тўлиқ ўйин ўтказди  57 00:17Винисиус илк марта "Реал"ни сардор сифатида майдонга бошлаб тушади  2

PREVYU. Kuzda uyg'ongan "Bunyodkor" chempionlik ostonasidagi "Paxtakor"ga qarshi Yangiliklar

PREVYU. Kuzda uyg'ongan "Bunyodkor" chempionlik ostonasidagi "Paxtakor"ga qarshi

Mavsumning yakuniy pallasidamiz

Odatda bu paytda chempion nomi aniq bo'lib ulgurgan, asosiy intriga kumush va bronza meddalari yo'lida qolardi.

Bugungi kunga kelib vaziyat o'zgarganiga guvoh bo'lib turibmiz. Endilikda chempionlik uchun ham intriga oxirgi turgacha saqlanib turibdi. Sog'inganmiz. SHu davrlar kelishini kutdik. 12 noyabr kuni chempionlik kubogi baravariga 3ta stadionga olib chiqiladi. Biz dastlab ulardan biri yani "Jar" arenasida bo'lib o'tadigan "Bunyodkor" - "Paxtakor" o'rtasidagi Toshkent derbisiga to'xtalishni lozim topdik. Zero 25-turdan so'ng "sherlar"da finishga g'olib sifatida etib kelish uchun juda yaxshi imkoniyat yuzaga keldi. Oxirgi qadamni qo'yish qoldi, xolos. 


Bunyodkor

Superliga. 26-tur

12/11/2022, 17:00

2
:
0
Tugadi

Paxtakor

Dragan CHeran - 14', Azizbek Turg’unboyev - 16'

45'
90'
16'  Mahmud Mahamadzhonov
55'  Dmitrie Pobulich (Ollobergan Karimov)
62'  Abdulloh Omonaliev
68'  Jasur Hakimov (Farhod O'tkirov)
76'  Avazbek O'lmasaliev
14'  Dragan CHeran
16'  Azizbek Turg’unboyev
77'  Azizbek Turg’unboyev (Ikrom Aliboyev)
85'  Dostonbek Hamdamov (Xozhiakbar Alizhonov)
90'  SHahzod Azmiddinov


O'zaro o'yinlardagi muvozanat buziladimi?


Jamoalar shu kunga qadar Superliga doirasida 33 marotaba to'qnash kelishgan. Birinchi davradagi uchrashuvdan so'ng o'zaro o'yinlardagi g'alabalar soni tenglashdi, 12/12. Tomonlar 9ta uchrashuvda murosa ko'chasini tanlashga rozi bo'lishgan. "Paxtakor" to'plar nisbatiga ko'ra kichik ustunlikka ega, +4. "Bunyodkor" o'z maydonida kechgan oxirgi 3ta uchrashuvda bir xil 3:2 hisobida g'alaba qozongan. Umuman uy o'yinlarida ustunlik "qaldirg'ochlar" tomonida, 9ta g'alaba, 3ta durang va 4ta mag'lubiyat, to'plar nisbati +8



Kuzda qaytgan "qaldirg'ochlar"

Qanday tarkib va holatda bo'lmasin doim yuqori o'rinlar uchun kurashib kelingan, jamoalardan ochko tortib oladigan "Bunyodkor" uchun bu mavsum tarixdagi eng qiyini bo'lmoqda. Hattoki mavsum o'rtasiga kelib jamoa xavfli zonaga yaqinlashish darajasiga kelib qoldi. Qiyin paytda "qutqaruvchi" vazifasini Ivan Boshkovich qo'liga oldi va vazifani yaxshi bajardi. Yoshlarni, hattoki 9-sinf o'quvchisini ham maydonga tushirishga qo'rqmadi. Kerak bo'lsa shu tarkib bilan ham natija qilish mumkinligini ko'rsatdi. Bahona izlamadi. Bu murabbiyning mahoratiga bog'liq. Qisqa vaqt ichida muxlislar Abdulloh Omonaliev, Ollobergan Karimov degan nomlarni tanidi. Avvalgi murabbiylardan farqli ravishda Umid Sultonovdan qanday foydalanishni bildi. Agarda bu gaplarim "quruq" bo'lsa, marhamat raqamlarga yuzalanamiz. "Bunyodkor" so'nggi 5ta turda jami 10 ochko ishladi va bu eng yaxshi to'rtinchi natija bo'lib turibdi. Hozirgacha Boshkovich bilan jamoa umumiy hisobda 14 ochko qo'lga kiritdi. 7ta o'yin, 4ta g'alaba, 2ta durang va 1ta mag'lubiyat. Jamoa "Paxtakor"ga yaxshigina "bosh og'riq" bo'ladi. Yana bir malumot, bu mavsumda faqatgina "Bunyodkor" "Paxtakor" darvozasiga 3ta gol ura oldi. 



Optimal formaga kirib olgan "Paxtakor" chempionlikni Toshkentda qoldirishi mumkin 

Aftidan chempionlik yana Toshkentda qoladiganga o'xshaydi. "Paxtakor" oxirgi turlarga kelib ancha dadil va ishonchli o'yin ko'rsatmoqda. Garchi mavsum yakuni bo'lishiga qaramay futbolchilar ancha tetik. Toliqish belgilari sezilayotgani yo'q. Maksim SHackix jarohatlar va boshqa yo'qotishlarga qaramay bor futbolchilardan unumli foydalana olyapti. Ayniqsa Abbos Fayzullaev SHackix qurayotgan "Paxtakor"da asosiy figuraga aylanib bo'ldi. Hujumdagi muammolarni CHeran bilintirmayapti. Sermahsullik yuqori darajada, so'nggi 3ta o'yinda jamoa raqiblar darvozasiga 15ta gol urdi. So'nggi 5ta uchrashuvda ochko jamg'arish bo'yicha ham "Paxtakor" karvonboshi. Vaziyatlarni golga aylantirish, realizaciya optimal holga kelgan. Bir so'z bilan aytganda, jamoa zo'r sport formasida. Ushbu omillar "Bunyodkor" bilan kechadigan to'qnashuvda ham o'z so'zini aytadi, deb o'ylayman. Ammo oson bo'lmasligi tayin. 




Ro'y berishi mumkin bo'lgan ehtimollar

Turnir jadvaliga etibor qaratamiz. "Paxtakor" 51 ochko bilan peshqadam bo'lib turibdi. G'alaba shubhasiz va hisob-kitoblarsiz chempionlik shohsupasiga olib chiqadi. Durangdan, "Navbahor" faqat AGMKni yutish orqali foydalanib qolishi mumkin. CHunki namanganliklar hisobida 50 ochko mavjud va ikkinchi o'rinda ketmoqda. Agarda "Paxtakor" mag'lubiyatga uchrab, "Navbahor" durang qayd etsa, ochkolar tenglashadi. Joriy yilgi o'zaro uchrashuvlarda ustunlik "Paxtakor" tomonida. Bunday holat ro'y bergan taqdirda Maksim SHackix shogirdlari birinchi o'rinda qolishadi. "Nasaf" futbolchilari "Olimpik"ni mag'lubiyatga uchratishlari evaziga "Paxtakor"ga etib olishadi va ikki jamoada ham bir xil 52 ochkodan bo'ladi. O'zaro o'yinlarda qarshiliklar 4, poytaxt klubi 1 ochko ishlagan. Bunda "Nasaf" chempionlikni rasmiylashtiradi. 



Birinchi davradagi bellashuv

Mavsumning dastlabki qismidagi uchrashuvida Voyneski va Karpenko boshchiligidagi jamoalar uchrashishgan. Unda "Paxtakor" stadionida kechgan bahsda "Bunyodkor" 3:2 hisobidagi g'alabani tantana qilgandi. 

"Paxtakor" – "Bunyodkor" 2:3

29 iyun, 2022 yil. "Paxtakor" stadioni, 20.00

Gollar: Abbosbek Fayzullaev (Farruh Sayfiev) 18', Farruh Sayfiev (Dragan CHeran) 86'  – Jasur Hakimov (Muzaffar Olimjonov) 51', Umarali Rahmonaliev (Bilol Tupliev) 81', Umarali Rahmonaliev 90+4'

Gol urilmagan penalti: Umarali Rahmonaliev 90+4' (darvozabon)

"Paxtakor": 35.Sanjar Quvvatov, 34.Farruh Sayfiev, 23.SHerzod Azamov, 21.Kamen Xadjiev, 8.Azizbek Turg'unboev, 6.Ikrom Aliboev, 27.Sardor Sobirxo'jaev, 42.Abbosbek Fayzullaev (18.Hojimat Erkinov, 63), 10.Dragan CHeran (s), 28.Diyor Xolmatov (3.Hojiakbar Alijonov, 73), 66.Rustam Turdimurodov

Zaxira: 44.Azizxon Isaqov, 5.Aleksey Larin, 32.Behruz Asqarov, 43.Muhammad Mansurov, 52.Kirill Todorov, 63.Muhammadali O'rinboev, 88.SHahzod Azmiddinov

"Bunyodkor": 32.Suhrob Sultonov, 4.Davron Ergashev (s), 6.Avazbek O'lmasaliev, 8.Fransis Narx (22.Usmonali Ismonaliev, 56), 15.Jasur Hakimov ( 10.Rasul Yo'ldoshev, 72), 17.Farhod Mirahmatov (19.Bilol Tupliev, 46), 25.Muhammadsafo Fozilov, 29.Muzaffar Olimjonov, 33.Umarali Rahmonaliev ( 21.G'ayrat Azizxo'jaev, 90+5), 34.Suhrob Izzatov, 49.Ibrohim Tomiva (14.Husayn Ergashboev, 90+5)

Zaxira: 71.Sarvar Karimov, 7.Odiljon Abdurahmonov, 29.Jasur Xoldorov, 37.Muhammadodil Qahramonov

Ogohlantirish: Hojimat Erkinov (67)


Toshkent derbisi va "Olimpik" – "Nasaf" uchrashuvi qaerda o'tkaziladi?


Usmonali Ismonaliev: “Paxtakor”ga qarshi faqat g'alaba uchun maydonga tushamiz”


Demak barcha futbol ishqibozlarini 12 noyabr kuni "Jar" stadionga chorlab qolamiz. Ishoning jamoalar aslo afsuslantirmaydi. 

Reyting: -6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика