So’nggi yangiliklar

03:10ЕЧЛ. "Бавария"да йирик мағлубият, "Арсенал" ва "Милан"да ғалаба ва бошқа натижалар  4 03:00ЕЧЛ. "Манчестер Сити" кутилмаганда ПСЖга мағлуб бўлди  68 03:00ЕЧЛ. "Реал Мадрид" "Зальцбург"га ҳеч қандай имконият қолдирмади  57 00:37Нима? Саудияликлар Винисиус учун "Реал"га 350 млн евро таклиф қилишмоқчи!  12 23:39"Барселона" икки нафар асосий ўйинчиси билан 2030 йилга қадар шартнома имзолайди  1 23:05Европа лигаси. Сульшернинг дебют ўйинида "Бешиктош" "Атлетик"ни йирик ҳисобда мағлуб қилди  6 22:41Рафинья Ла Лигадаги ҳакамлик ҳақида: "Ўйлаётган нарсамни гапирадиган бўлсам, бошқа бу ерда ўйнамаслигим мумкин"  13 22:00Ўзбекистон U-20 терма жамоаси назорат ўйинида Қатарга мағлуб бўлди  21 21:47Уилфрид Заҳа МЛС клубига ўтди  2 21:24ОКМК назорат ўйинида "Урал" билан дуранг ўйнади  0 21:05Максим Шацкихнинг ёрдамчилари "Пахтакор" академиясида иш бошлади  14 20:44Футзал. Марказий ўйинда ОКМК "Оил Стар"га 7 та гол урди, "Сурхон" "Пахтакор"га 5 та урди  0 20:32Расман: Драган Черан “Насаф”га қайтди  15 20:03Расман: Тимур Кападзе - Ўзбекистон МТЖ бош мураббийи!  259 19:54Эшитдик-да! "Локомотив" билан 10 декабрь куни шартнома тузган футболчи жамоани тарк этди  3

Prevyu: "Kambek" bosimi ostidagi "Barsa" yana vaziyatni o'nglaydimi? Yangiliklar

Prevyu: "Kambek" bosimi ostidagi "Barsa" yana vaziyatni o'nglaydimi?

Yarim finalning qolgan ikkita vakili kim bo'ladi?


Bu kecha aynan mana shu savollarga javob olamiz.

Kechagi dramatik va shiddatkor futboldan keyin barchaning diqqat markazi Kataloniyaga qaratiladi. "Barselona" yana navbatdagi "kambek"ni amalga oshira oladimi yoki yo'q?
Mo'jiza har safar ham ruy beravermaydi, deganlar esa haqiqiy futbol-shousini ko'rish maqsadida Monako tomonlarga murojaat qilishlari mumkin.

"Kamp Nou"da gigantlar, grandlar bahsi. Monakoda esa yuksak darajaga chiqish bo'sag'asida turgan jamoalarning quvnoq to'qnashuvi bo'ladi.

Bu to'rtta jamoalarning ichida eng yaxshi holatda turgan klub "Yuventus" hisoblanadi. Dastlabki o'yinda o'z maydonida gol o'tkazmagan va uchta gol urgan jamoaning ishi birmuncha osonroq. Faqat raqib o'tgan gal bundanda qiyin vazifani uddalagan "Barsa" ekanligi ularni xushyor tortishga majbur qiladi.
"Barselona" esa bu safargi raqiblari "Kamp Nou"ning salobatidan qo'rqib, o'yinni shundoq "Barselona"ga topshirib qo'yadigan juratsiz PSJ emasligini unutishmagani maqul.
Har holda "Yuventus" "Kamp Nou"da qanday o'ynashni biladigan va bu erda g'alaba quvonchlarini nishonlagan grand klub.

SHunga qaramay bizni qiziqarli va keskin kurashlarga boy o'tadigan fantastik o'yin kutib turganiga shubha yo'q.

"Kamp Nou"da har qanday natija qayd etilishi mumkin. Faqatgina hakamlar yana "qovun" tushirishmasa bo'lgani. Avval katta o'yinlardan shiddatkor futbolni kutardik. Hozir esa ko'proq hakamlarning qo'pol xatolari bo'lmasmikan, to'qnashuv taqdirini kim hal qilarkin, degan o'y ko'paygan.
Kechagi xatolar joriy mavsumda ECHLdagi oxirgi xato bo'lgani rost bo'lsin. Toza va ajoyib futbol ko'raylik.

Garchi "Yuventus" birinchi uchrashuvdan keyin katta ustunlikka ega bo'lsada, hali ularni yarim finalga chiqarib qo'yishga erta. Bu kamida "Barselona"ga hurmatsizlik bo'ladi.
"Kamp Nou"da "Barselona" "Yuventus"ga nechta gol urarkin, deyish ham mubolag'aroq. Bu esa "Yuventus" kabi jamoa uchun haqoratdek yangrashi mumkin. Hammasini o'yin ko'rsatadi.

"Barselona"ning ustunligi - bu gol urishga chanqoqligi va hujumdagi "trio"sining yuksak salohiyati. Ojiz nuqtasi esa tartibsiz bo'lgan himoyasi.

"Yuventus"da esa barcha chiziqlardagi bog'liqlik mavjud va bu borada turinliklarda balans yaxshi yo'lga qo'yilgan.

Luis Enrike aytganidek, o'yinni 80 daqiqasidan keyin uxlab qolish yo'q.



"Monako" - "Borussiya" to'qnashuvida ham hali hech narsa aniqlangani yo'q.
Birinchi o'yinda "Monako" juda ajoyib natijaga ega bo'ldi. Mehmondagi uchta gol va g'alaba.
"Borussiya" yarim finalga yo'l olishi uchun ikkita to'p farqi bilan g'alaba qozonishi talab etiladi.
Bu jamoalarning hujumkor ruhda futbol o'ynashi va himoyadagi kamchiliklarini inobatga olgan holda, bugungi bellashuvda ham gollar ko'p bo'lishini taxmin qilish mumkin.
Kim kamroq xatoga yo'l qo'ysa, o'sha jamoa ECHLdagi ishtirokini davom ettiradi.

"Borussiya" uchun yaxshi xabar bu Roysning safga qaytgani. "Monako" esa Bakayokodan foydalana oladi. Bu to'qnashuvdan bir narsa aniq, futbol ishqibozlari aslo zerikib qolishmaydi.
SHuni ham alohida takidlash mumkinki, bu to'qnashuvda ham qo'shimcha taymlarga guvohi bo'lishimiz mumkin.
Ko'p gol uradigan va shuning barobarida ko'p to'p o'tkazadigan jamoalar o'rtasidagi bahsdan har narsa kutsa bo'ladi.
Monakoda masala hakam xushtagi yangramaguncha hal etilmaydi. Eng yuqori va katta intrigali o'yin Monakoda o'tadi.
Penaltilar seriyasi ko'rsak, menimcha, hech kim qarshi bo'lmasa kerak, a?


ECHL, chorak final javob o'yinlari.

"Barselona" - "Yuventus" (Birinchi uchrashuv 0:3)

"Kamp Nou" stadioni.

Bosh hakam: Born Kuypers (Gollandiya)

"Barselona": ter Stegen; Maskerano, Pike, Yumtiti; Rakitich, Buskets, Iniesta, Serxi Roberto; Messi, Suares, Neymar.
O'ynamaydi: Rafinya (jarohat), Alesh Vidal (jarohat)
So'roq ostida: Arda Turan (jarohat), Maskerano (jarohat), Mate (noaniq)
Diskvalifikaciya xavfi ostida turgan futbolchilar: Neymar, Pike, Rakitich, Suares

"Yuventus": Buffon; Dani Alves, Bonuchchi, Kellini, Aleks Sandro; Pyanich, Xedira; Kuadrado, Dibala, Mandjukich; Iguain.
O'ynamaydi: Pyaca (jarohat)
Diskvalifikaciya xavfi ostida turgan futbolchilar: Kuadrado, Mandjukich, Xedira


"Monako" - "Borussiya D" (Birinchi uchrashuv 3:2)

"Stade Luis Monako" stadioni.

Bosh hakam: Damir Skomina (Serbiya)

"Monako": Subashich; Ture, Glik, Jemerson, Mendi; Silva, Bakayoko, Moutinyu, Lemar; Falkao, Mbappe.
O'ynamaydi: Fabino (diskvalifikaciya), Sidibe (qo'rchak), Boskilya (jarohat), Karilo (jarohat)
Diskvalifikaciya xavfi ostida turgan futbolchilar: Jemerson, Falkao, Jermen, Lemar, Sidibe

"Borussiya": Byurki; Pishhek, Papastatopulos, Bender, SHmelcer; Vaygl; Dembele, Kastro, Gerreyru, Roys; Obameyang.
O'ynamaydi: Bartra (jarohat), Getce (jarohat), SHyurrle (jarohat)
So'roq ostida: Durm (jarohat), Rode (jarohat)
Diskvalifikaciya xavfi ostida turgan futbolchilar: Ginter, Gerreyru, Papastatopulos, SHmelcer


Bugungi bahslarda Born Kuypers va Damir Skominaga omad tilab qolamiz!

Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика