So’nggi yangiliklar

14:30Вирцнинг "Ливерпул"га мега трансфери! Нима учун инглизлар шунча пулдан воз кечишга қарор қилишди?  0 14:20ОКМК 6 йилдан буён Намангандан ғалабасиз қайтмоқда. Лушчан ва Қосимов дуэлида ким ғолиб чиқади?  3 13:58"Ал Иттиҳод" Погба учун курашга киришди  2 13:37Учрашувнинг сўнгги қисми жанжалга айланиб кетган "Нефтчи" - "Бухоро" баҳсидан ГАЛEРEЯ  1 12:25"Интер" Маркус Рэшфордни нишонга олди  3 11:47А Серия клуби Антони билан шартнома имзолашга уринди. Аммо, у Испанияга қайтишни хоҳламоқда  1 11:20"Манчестер Сити" ўйинчиси янги клуби билан келишувга эришди  1 10:51Поль Погба “Монако“га ўтмайди. Унинг режалари ўзгарди  4 10:23“Арсенал“ Испания терма жамоаси аъзоси билан келишувга эришди (Фабрицио Романо)  2 09:55Элдор Шомуродовга Франциядан ҳам таклиф бор  24 09:27“Манчестер Сити“ Ҳусановни Франция клубига ижарага беришни истамади  19 08:58Расман. Аббосбек Файзуллаев жамоасига янги бош мураббий тайинланди  0 08:28“Истанбул Башакшехир“ Элдорнинг трансфери учун “Рома“га қанча таклиф қилгани маълум  8 08:01Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Бавария" сўнгги дақиқалардаги гол эвазига ғалаба қозонди  4 07:31Суперлига. Бугун 13-турнинг марказий учрашуви бўлиб ўтади  13

Prevyu. Italiya Superkubogi: "Yuventus" - "Milan" to'qnashuvi Yangiliklar

Prevyu. Italiya Superkubogi: "Yuventus" - "Milan" to'qnashuvi

Italiya chempionatining o'tgan yilgi chempioni va Italiya Kubogi sohibi "Yuventus" hamda Italiya Kubogi finalchisi "Milan" jamoalari o'rtasida bugun Italiya Superkubogi bahsi o'tkaziladi.
Uchrashuv Qatar poytaxti Doha shahridagi "Jassim Bin Hamad Stedium"da Toshkent vaqti bilan soat 21:30da boshlanadi.


Italiya Superkubogi uchun bo'ladigan o'yinda Italiya chempioni va Italiya Kubogi sohiblari o'zaro to'qnash kelishadi. Agarda bu ikkala musobaqada ham bitta jamoa g'olib chiqsa, unda reglament bo'yicha Italiya Kubogi finalchisi unga raqiblik qiladi.

Italiya Superkubogi o'yinlari 1988-1992, 1994-2001, 2004-2008 va 2010 yillari Italiya Superkubogi bellashuvi A Seriya g'olibining uyida o'tkazilgan. 1993, 2003 yillardi AQSH, 2002 yili Livanda, 2009, 2011, 2012 yillari esa Xitoyda bo'lib o'tgan.
2013 yilda esa Italiya Superkubogi Italiya Kubogi g'olibining maydonida o'tkazilgan.
Bu yil esa Qatar poytaxti Doha Italiya Superkubogiga mezbonlik qilmoqda.

Italiya Superkubogida g'olib chiqish bo'yicha rekordchi "Yuventus" sanaladi. "Byankonerilar" 7 marotaba ushbu sovrinni o'z muzeylariga olib ketishgan.

"Yuventus"ning navbatdagi superkubok uchun bo'ladigan bahsdagi raqibi "Milan" esa bu ko'rsatkich bo'yicha "Yuve"dan bitta kam, yani 6 bor g'oliblikni qo'lga kiritgan. Montella shogirdlari bugun "Yuventus"ga etib olish uchun ajoyib imkoniyatga egalar.


Ayni paytda "Yuventus" jamoasi Italiya A Seriyasida 42 ochko jamg'argan holda etakchilik qilmoqda. "Milan" esa 33 ochko bilan 5-pog'onani band etib turibdi. Ushbu jamoalar yaqinda chempionat doirasida "San Siro"da o'zaro duch kelishgan edi. Unda Vinchenco Montella boshqaruvidagi "Milan" Lokatellining ajoyib va aniq zarbasi bilan g'alabani ilib ketishgandi.

Montella qo'l ostida "Milan" jamoasi yangi mavsumda o'yin jihatidan ancha o'sishga erishishdi. Jamoa yoshardi, tarkibda bir qator iqtidorli yoshlar paydo bo'ldi. Montella jamoani muntazam 4-3-3 taktik sxemasida o'ynatib kelmoqda.
Garchi jamoa natija borasida barqaror ko'rinmayotgan bo'lsada, avvalgi yillarga qaraganda yaxshigina o'sish kuzatilmoqda.


Montella qo'l ostida jamoa etakchisiga aylanayotgan Susodan raqiblar ancha hayiqib qolishgan. Suso "Milan"ning ushbu mavsumdagi eng yorqin futbolchisi sanaladi. Jamoaning aksariyat gollari aynan Suso orqali vujudga keladi. Futbolchi bejizga jamoaning eng yaxshi assistenti bo'lib turgani yo'q. Suso ushbu mavsumda 5ta gol va 6 golga assistentlik qildi.

Massimiliano Allegri esa "Yuventus"da turlicha taktik sxemadan foydalana oladi. Allegri Italiya A Seriyasida "Roma"ga qarshi o'tgan turda 4-3-1-2 taktik sxemasini ishlatdi. Odatda esa jamoa 3-5-2 sxemada o'ynaydi. Payti kelganda esa Allegri 4-4-2dan ham foydalanib turadi.

"Yuventus"ning hozirgi tarkibidagi asosiy quroli bu Gonsalo Iguain. Jamoaning eng qimmat transferini qayd etgan Iguain kelganiga ko'p vaqt bo'lganiga qaramasdan bir qator muhim gollarni kiritishga muvaffaq bo'ldi. "Yuventus" jamoasidagi zargar Paulo Dibala esa jarohatidan so'ng asta-sekin o'z sport formasini tiklamoqda. Uning boshlang'ich tarkibda maydonga tushishi so'roq ostida turibdi. Allegri qanday qaror qabul qilishi futbolchilarning holatiga bog'liq.


O'zaro o'yinlardagi fakt:
"Milan" hamda "Yuventus" jamoalari shu kunga qadar barcha musobaqalarda jami 169 marotaba duch kelishgan. Ustunlik esa "Yuventus" tarafida. Turinliklar o'tkazilgan 61 bahsda g'olib chiqishgan. "Milan" hisobida esa 49 g'alaba mavjud. Qolgan 59 uchrashuvda g'olib nomi aniqlanmagan.


Italiya Superkubogi.

23 dekabr, juma.

"Yuventus" - "Milan"

Qatar, Doha. "Jassim Bin Hamad Stedium" stadioni.

Bosh hakam: Antonio Damato.



Italiya Superkubogidagi chiroyli gollar


Saytimizning tvitterdagi rasmiy sahifasi - twitter.com/championat_asia

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика