Prevyu: Ispaniya - Gollandiya. 34ni "urgan" Xavi
13 iyu 2014 13:09
Yangiliklar
Prevyu: Ispaniya - Gollandiya. 34ni "urgan" Xavi
O'rtoqlik uchrashuvlarida Gollandiya biron marotaba Ispaniyaga mag'lub bo'lmagan. 2ta g'alaba bitta durang.
Ammo rasmiy, muhim o'yinlarda omad ispanlarga kulib boqqan. Bu terma jamoalar ilk marotaba 1920 yili Antverpenda to'qnashganlar. Olimpiada - 1920 finalida yo'l olgan Belgiya - CHexoslavakiya jamoalari o'rtasidagi o'yinda chexlar diskvalifikaciya qilinadi. Uchinchi o'rin uchun kurash olib borishi kerak bo'lgan Ispaniya - Gollandiya o'rtasidagi bahs ikkinchi o'rin uchun o'tkaziladi. O'yinda ispanlar 3:1 hisobida g'alaba qozonadilar. Oradan ancha yil o'tib, aniqrog'i roppa-rosa 90 yildan so'ng Ispaniya jahon chempionati finalida omadsiz finalchi tamg'asida yurgan Gollandiyani qo'shimcha vaqtda mag'lub etadi.
Bugun soat 00:00da boshlanadigan uchrashuv, nafaqt kunning, balki turning eng yaxshi o'yinlaridan biri bo'ladi. Ikki terma jamoa muxlislarining umidlari yarim himoyachilardan. Robben va Sneyder, Xavi hamda Inesta. Atlantika qirg'og'i yaqinda joylashgan Salvadordagi o'yinni Nikoloy Riccoli boshchiligidagi italiyalik hakamlar brigadasi boshqarib boradilar.
Yodingizda bo'lsa bir yil avval bo'lib o'tgan konfederaciyalar kubogi finalida qizil furiya Braziliyaga yirik hisobda imkoniyatni boy bergan edi. Visente del Boske bugungi kundagi Ispaniya bir yil davomida ancha o'sganligi, JCHda o'z unvonini saqlab qolish uchun kurash olib borishini aytib o'tdi. Jamoaning ishongan kuchi Xavi. Biroq "Barselona" yarim himoyachi mavsumni so'nggi turlarini asosiy tarkibda o'tkazmadi. Unda charchoq alomati bor. Futbolchini o'zi esa Ispaniya qisqa pasli futbol o'ynashda davom etishi va bunday futbolga jonini berishga tayyor ekanligini aytib o'tgan. Kostaning jismoniy holati ham bugun katta rol o'ynaydi, agar u asosiy tarkibda maydonga tushsa.
Gollandiyada esa avlodar almashinuvini kuzatyapmiz. SHu boisdan katta masuliyat Aren Robben, Uesli Sneyder va Robin van Persiga tushishi aniq. Bu futbolchilarning uchchalasi ham 30 yoshga kirdilar. Balki bu mundial ularning futbolchilik faoliyatlarida so'nggisi ham bo'lishi mumkin. Qolaversa Lui van Gal ham MTJ bilan xayralshishini bildirgan. JCHdan keyin uning o'rniga Guss Xiddink bosh murabbiy bo'ladi.
Vaqtni tez o'tishini qarangki, Kasilyas allaqachon 33 yoshga to'lib bo'libdi. Xavi esa 34da. Vilya, Inesta, Alonso va Xuanfran kabi futbolchilarning ham MTJdagi kunlari borgan sari qisqarib boryapti. Bugun ko'ramiz, tajribali qariyalar g'alaba qozonadimi yoki avlodlar almashinuvini boshidan o'tkazayotgan Gollandiya.
ISPANIYA - GOLLANDIYA
13 iyun. 00:00.
Salvador. "Fonte Nova" stadioni.
Bosh hakam: Nikola Riccoli (Italiya)
Yordamchi hakamlar: Renato Faverani, Andrea Stefani (ikkisi Kolumbiya)
To'rtinchi hakam: Sveyn Oddvar Mun (Norvegiya)
Terma jamoalarning taxminiy tarkiblari:
ISPANIYA: Kasilyas, Aspilikueta, Xavi Martines, Ramos, Alba, Buskets, Alonso, Xavi, Inesta, Silva, Kosta.
GOLLANDIYA: Cilessen, Yanmaat, De Vrey, Vlaar, Martins Indi, Blind, De Yong, Klasi, Sneyder, Robben, Van Persi.
Nodirxo'ja Yuldashev

Fikrlar