So’nggi yangiliklar

01:39Расман: Ўткир Юсупов — "Фулад" футболчиси!  4 01:32"Арсенал" Рафиньянинг трансфери бўйича "Барселона"га кўп миллионлик таклиф тайёрлайди  0 01:05Париж-2024. Ўзбекистон - Миср 0:1, Ҳимоядаги хато қимматга тушди  6 00:53"Атлетико" ва Испания терма жамоаси собиқ футболчиси фаолиятини якунлади  0 00:15РПЛ. Эсанов ҳаракат қилаётган "Акрон" меҳмонда "Факел"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди  15 23:35Тимур Кападзе: "Иккала ўйинда ҳам ютишимиз мумкин эди"  103 23:01Расман: "Атлетико" Испания терма жамоаси футболчиси билан шартнома имзолади  1 22:29"Навбаҳор" назорат учрашувида йирик ҳисобда ғалаба қозонди. Қувватовдан норасмий дебют, Никабадзедан хет-трик  10 21:31"Манчестер Юнайтед" форварди ПСЖга ўтиши мумкин  5 21:05Париж-2024. Ўзбекистон иккинчи турда Мисрга ютқазди ва гуруҳдан чиқиш имкониятини йўқотди  848 20:53Париж-2024. Испания терма жамоаси биринчи бўлиб плей-оффга чиқди  7 20:22"Манчестер Юнайтед" испаниялик футболчига қизиқмоқда  1 19:56"Барселона" Уильямс учун кутилганидан 4 млн. евро кўп пул тўлаши керак  2 19:22ФИФА Аргентинанинг эътирозига жавоб берди  5 18:52Ҳусниддин Ғофуров - "Қўқон-1912" футболчиси  3

Prevyu. Eron - Janubiy Koreya Yangiliklar

Prevyu. Eron - Janubiy Koreya

Teglar :  Janubiy KoreyaEron
JCH-2018 saralashi doirasida Eron va Janubiy Koreya o'rtasidagi o'yin bo'lib o'tadi.

Braziliyadagi mundialda ishtirok etgan ikki jamoa ayni paytda "A" guruhida peshqadam bo'lib turishibdi. Forslar ham, koreyslar ham 3ta o'yindan so'ng 7 ochko to'plashdi. 

Karlush Keyrush boshchiligidagi Eron terma jamoasi 3-bosqichning ilk turini o'z uyida Qatarga qarshi o'tazdi va hakam tomonidan qo'shib berilgan daqiqalarda ikkita gol urib g'alabaga erishdi - 2:0. Ikkinchi turda Xitoy mehmoni bo'lgan "Tim Melli" 0:0 hisobida durang qayd etdi. 6 oktyabr kuni Toshkentda Eron Jalol Hussayni tomonidan urilgan gol evaziga 3 ochko egasi bo'lgani haqida barcha biladi. 

Eron uchta o'yinda o'z darvozasidan umuman gol o'tkazmadi.


Janubiy Koreya ushbu bosqichni o'z uyida Xitoyga qarshi bahs bilan boshladi va 3:2 hisobida zafar quchdi. Ikkinchi turda koreyslar Suriya bilan nursiz durang qayd etdi - 0:0. Nihoyat uchinchi turda Koreya Qatar ustidan 3:2 hisobida g'alabaga erishdi. 

Qatar bilan bahsda qizil kartochka olgan Xong Jeong Xo Eronga qarshi o'ynay olmaydi. 

Janubiy Koreya va Eron shu kunga qadar 28 marta to'qnash kelishgan. 12 marta Eron, 9 marta Janubiy Koreya g'olib bo'lgan. 7 bor durang kuzatilgan. 

O'zaro o'yinlarning oxirgi 3tasida Eron 3 marta g'alaba qozongan.


Eron - Janubiy Koreya 

11 oktyabr 2016. Tehron. "Ozodi" stadioni. 19:45 (Toshkent vaqti)

Hakamlar: Ryuji Sato, Toshiyuki Nagi, Akane Yagi, Masaaki Toma (barchasi Yaponiya)

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика