So’nggi yangiliklar

19:34Расман: Темурхўжа Абдухолиқов яна "Локомотив"да ўйнайди  0 19:07Расман: Россия футболи тарихидаги энг тезкор гол муаллифи, "Насаф" ярим ҳимоячиси ва "Сурхон" ҳимоячиси "Локомотив" сафига қўшилди  0 18:39"Манчестер Юнайтед" футболчиси совриндор клубнинг устувор мақсадига айланди  0 18:12Артета "Арсенал"нинг трансфер бозоридаги мақсадлари рўйхатини тузди  3 17:56Расман: "Бухоро" ярим ҳимоячиси энди "Локомотив" шарафини ҳимоя қилади  4 17:43"Бу видолашув эмас, балки янги босқичнинг бошланиши". Шерзод Насруллаев "Насаф" билан хайрлашди  3 17:28Расман: "Челси" ва Энцо Мареска ўзаро келишув асосида ҳамкорликни тўхтатди  15 17:10Манба: Мареска ишдан бўшатилди  3 16:46Австралиялик бўйдор футболчи Тошкент клубига ўтмоқда  3 16:21Расман: "Пахтакор"да деярли ўйнамаган футболчи "Локо"га қайтди  1 15:50"Локомотив" Қирғиз Республикасининг 2025 йилдаги энг яхши футболчиси билан шартнома тузмоқда  4 15:28Ўзбекистон U-21 терма жамоасининг U-23 Осиё Кубогида иштирок этувчи таркиби эълон қилинди  9 15:11"Барселона" ҳомий билан ҳамкорликдан воз кечди  3 14:44"Сурхон" Туркияда йиғин ўтказади  0 14:18Конго ДР ҳужумчиси Марокаш ҳукуматидан норози: унинг чемодани 12 кундан бери топилмайди  1

Prevyu. "Dinamo" - "So'g'diyona" Yangiliklar

Prevyu. "Dinamo" - "So'g'diyona"

Teglar :  So'g'diyonaDinamo
Oliy liga 8-tur . Samarqandda "Dinamo" hamda "So'g'diyona" jamoalari to'qnash keladilar.

Dinamo (Samarqand) – So'g'diyona (Jizzax)
29 aprel 17:00  
Hakamlar:
Ravshan Ermatov (Toshkent), Abduhamidullo Rasulov (Toshkent), Jahongir Saidov (Toshkent), Dmitriy Klepikov (Toshkent).
Nazoratchi: Sardor Najafaliev (Toshkent).
O'zPFL vakili: Noil Lutfulin.

Bu ikki jamoaning yo'llari oliy ligada 34 bor kesishgan. Ustunlik “Dinamo” tomonida. O'yinlarning 15tasida samarqandliklarning qo'li baland kelgan. 13ta uchrashuvda esa “So'g'diyona” g'olib chiqqan. Qolgan olti uchrashuvda durang hisobi qayd etilgan. To'plar nisbati “Dinamo” foydasiga. “Arslonlar” shu kunga qadar o'zaro o'yinlarda 52ta gol urib o'z darvozalaridan 37 marta to'p o'tkazib yuborishgan. O'zaro o'inlarda “Dinamo” 51 ochkoni, “So'g'diyona” esa 45 ochkoni qo'lga kiritgan.

“Dinamo” oliy ligada “So'g'diyona” ustidan 4:0 hisobida g'alaba qozongan. Bu o'zaro o'yinlardagi Samarqand klubining eng yirik g'alabasi hisoblanadi. Jizzax klubining o'zaro o'yinlardagi bu raqib ustidan erishgan eng yirik g'alabasi esa 3:1 bo'lib turibdi.

Ikki  yil oldin uchinchi turda “Dinamo” safardan g'alaba bilan qaytgan. Akmal Xolmurodov, Sirojiddin Sayfiev va Zayniddin Tojievning gollariga “So'g'diyona” safida Suxrob Qobilov penaltidan javob bergan xolos – 1:3. Samarqandda Orif Mamajonovning urgan goli “So'g'diyona”ga 3 ochko keltirgan – 0:1.

Samarqandda o'tgan so'nggi besh uchrashuv:
15.08.2014 Dinamo - So'g'diyona 0:1
14.09.2013 Dinamo - So'g'diyona 1:1
05.11.2011 Dinamo - So'g'diyona 2:0
23.08.2009 Dinamo - So'g'diyona 3:0
07.03.2008 Dinamo - So'g'diyona 0:1

O'zaro o'yinlar haqida fakt: “So'g'diyona” safarda bu raqibni to'rt marta mag'lub etgan. “Dinamo” Samarqandda 11 bor zafar quchgan. Faqat bitta uchrashuv durang natijasi bilan tugagan. Oxirgi ikki bahsda mezbonlar g'alaba qozona olmagan.


Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика