So’nggi yangiliklar

00:00Париж-2024. Франция - Миср  3 23:51Нико Уильямснинг "Барселона"га ўтишига унинг акаси қаршилик қилмоқда  0 23:10Париж-2024. Испания олимпия ўйинлари финалига чиқди  12 22:24Грузия терма жамоаси вакили "Ливерпуль"га ўтиши мумкин  0 21:54"Вест Хэм" 27 млн. еврога 31 ёшли ҳужумчи сотиб олди  1 21:23Марокаш - Испания ўйинида Илгиз Танташев алмаштирилди. Нега?  4 20:45ПСЖ 60+10 млн. еврога 19 ёшли футболчини сотиб олди  1 20:16"Барселона" Негрейрага пора бергани исобтини топмади, аммо...  3 19:59Ҳоланд: "Тез орада барчамиз энг яхши спорт формамизда бўламиз"  1 19:39ПСЖ "Айнтрахт" ҳимоячисини сотиб олмоқчи  1 19:18"Барселона" собиқ ҳимоячиси фаолиятини А Серияда давом эттириши мумкин  2 18:57"Байер" "Ливерпуль" собиқ ҳимоячисига қизиқиш билдирмоқда  1 18:34Ўзбекистон Кубоги. Чорак финал учрашувларида ишлайдиган расмийлар  3 18:16Тимур Кападзе "Олимпик" бош мураббийлигидан кетди  8 17:54"Футбол олами". Суперлигада иккинчи давра старт олди  1

Prevyu. CHempionlar ligasi 3-tur Yangiliklar

Prevyu. CHempionlar ligasi 3-tur

Bugun tunda UEFA CHempionlar ligasining 3-tur uchrashuvlariga start beriladi.

Demak bugun bo'lib o'tadigan barcha uchrashularga va guruhdagi jadvallarga to'xtalib o'tamiz.

Bu safar alifbe bo'yicha pastdagi guruhlarning bahslari bo'ladi, shu sabab biz ham eng oxirgi guruhdan boshlaymiz.


H guruhi

 O'rin    Klub                       O'        G'     D        M    T-N    
1Zenit2200 5-3 6
2Valensiya2101 3-3
3Gent2011 2-3 1
4Lion2011 1-2 1

Zenit - Lion
Imkoniyatlar: 50-50
"Zenit" ikki uchrashuvda 100% natija qayd etib turnir jadvalini boshqarib boryapti, ammo ularning bo'shashishga haqqi yo'q, chunki guruhda teng kuchli jamoalar yig'ilgan. "Zenit"ning 3-turdagi raqibi "Lion". Franciyaliklar bor-kuchi bilan g'alaba uchun harakat qilishadi, buning ustiga Moskvaning "Dinamo" sobiq yarim himoyachisi Mate Valbuena Rossiyaning sovuq ob-havosi bilan tanish.



Valensiya - Gent

Imkoniyatlar: 60-40

"Valensiya" Ispaniya chempionatining so'nggi uchrashuvida "Malaga"ni 3:0 hisobida mag'lub etdi. Klub bosh murabbiyi Nunu Eshpirituning bu mavsumdagi uslubi hammani hayron qoldirmoqda. Mutaxassisning to'xtovsiz rotatciyalari hozircha omad olib kelayotgani yo'q, ammo bu uslubni muvaffaqiyatsiz ham deb bo'lmaydi. "Gent" esa Belgiya chempionatining turnir jadvalini boshqarib turibdi. Ular milliy chempionatdagi so'nggi to'rt uchrashuvda g'alaba qozongan, ammo "Zenit" bilan bo'lgan CHempionlar ligasi uchrashuvida ularga biroz omad etishmadi. Har qanday holatda ham ikki jamoaga g'alaba kerak, ammo kuchlarni teng deb bo'lmaydi. Buning ustiga "ko'rshapalaklar" o'z uyida o'ynaydi.



G guruhi

 O'rin     Klub                       O'    G'    D     M    T-N   
1Dinamo K2110 4-24
2Portu2110 4-3
3CHelsi2101 5-23
4Makkabi T-A2002 0-60

"Dinamo" K - "CHelsi"

Imkoniyatlar: 45-55

Ushbu guruhda vaziyat avvalgisidan boshqacha. Kvartet etakchisi hisoblangan "CHelsi" hozircha guruhdagi eng kuchsiz raqib "Makkabi"ni mag'lub eta oldi, "Portu" to'sig'i esa ularga balandlik qildi. Aristokratlar UEFA CHLning 3-turida Kievning "Dinamo" mehmoni bo'ladi. Kievliklar Ukraina chempionatida ikkinchi o'rinda borishmoqda. Bir necha kun oldin "SHaxtyor"dan uchralgan yirik mag'lubiyat (0:3) navbatdagi bahsga tasir qilishi mumkin.


"Portu" - "Makkabi"

Imkoniyatlar: 60-40

"Portu" o'z chempionatida hozirgacha biror marotaba mag'lub bo'lgani yo'q, CHLning avvalgi turida "CHelsi"ni mag'lub etdi, shu sababli ular "Makkabi"ning yuramyotgan traktorini g'ildiraksiz qoldirishi mumkin. Isroil klubi CHLning ikki uchrashuvida birorta ham gol ura olgani yo'q va o'z darvozasidan 6ta to'p olib chiqqan.



F guruhi

 O'rin   Klub               O'   G'   D     M     T-N      
1Bavariya             2200 8-06
2Olimpiakos2101 3-5
3Dinamo Zg2101 2-63
4Arsenal2002 3-50

"Olimpiakos" - "Dinamo" Zg

Imkoniyatlar: 50-50

Bu ikki klub ham "Bavariya"dan mag'lub bo'lib, "Arsenal"ni taslim qilgan, shu sababli ushbu jamoalar o'rtasidagi ikki uchrashuv ko'p narsaga oydinlik kiritishi mumkin. "Dinamo"ning Xorvatiya chempionatidagi ishlari "moy ustida". "Olimpiakos" ham raqibi kabi o'z milliy chempionatida etakchi. Bu o'yin chempionatlar kuchini ham ko'rsatib berishi mumkin.



"Arsenal" - "Bavariya"

Imkoniyatlar: 50-50

"Arsenal" turnirning ikki uchrashuvida mag'lub bo'ldi, ammo Premer-ligadagi so'nggi bahslarda muvaffaqiyatli natija qayd etdi. "Arsenal" bor-kuchi bilan o'ynasa xatto Bundesliganing 9ta uchrashuvida g'alaba qozonib Germaniya chempionatida rekord o'rnatgan "Bavariya"ni ham taslim eta oladi. Tarix bunga guvoh. Xosep Gvardiola esa shogirdlarining bir daqiqaga ham bo'shashishini istamaydi. Juda qiziq jang bo'ladi va ushbu "titanlar jangi"ni bugun "UZREPORT TV" telekanali orqali jonli efirda tomosha qilamiz.



E guruhi

 O'rin     Klub              O'     G'  D    M    T-N   
1Barselona2110 3-24
2Bayer2101 5-3
3BATE2101 4-63
4Roma2011 3-41

BATE - "Barselona"

Imkoniyatlar: 45-55
Quyidagi guruhda jamoalarning imkoniyatini teng deya olmaymiz, ammo "Barselona" bilan durang o'ynagan "Roma" BATEga mag'lub bo'ldi va o'zining guruhdagi holatini og'irlashtirdi. "Roma"ga kuchi etgan Belarusiya klubi kataloniyaliklarni ham taslim etishi mumkin, ammo buning uchun BATE xatosiz harakat qilishiga to'g'ri keladi.



"Bayer" - "Roma"

Imkoniyatlar: 50-50
"Bayer"ning Bundesligadagi so'nggi uchrashuvlari omadli chiqmadi, ammo "Roma" A Seriyaning oxirgi ikki bahsida g'alaba qozondi va Leverkuzenga ko'tarinki kayfiyatda tashrif buyuradi. Bu ikki jamoa CHempionlar ligasining "yovvoyi tulporlari" hisoblanadi, ammo guruhda faqat ikki jamoa keyingi bosqichga yo'l oladi.



Ushbu jamoalardagi yo'qotishlar haqida biroz oldin taqdim etilgan malumotlardan bilib olishingiz mumkin.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика