So’nggi yangiliklar

09:38Роналду кечаги учрашувдан сўнг қисқа фикр билдирди  0 09:10Келаси мавсум Суперлига икки жамоасининг фарм клуби Пролигада иштирок этиши мумкин  0 08:42"Бухоро" директори ўз лавозимида қолади  2 08:19"Сурхон" уч нафар футболчи билан хайрлашди  3 03:20АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади  34 02:40АПЛ. ​"Челси" "Борнмут" билан дуранг ўйнади, "Ньюкасл" ва "Эвертон" ғалаба қайд этишди  5 00:56Саудия Арабистони. "Ал Насср" мавсумда илк бор очко йўқотди. Роналду 957-голини урди  4 00:29Ўзбекистон U-21 терма жамоаси ўртоқлик учрашувида Қатар U-23 термасига ютқазди  4 00:14Ироқ. "Аманат" Бахтиёр Қосимовнинг дубли эвазига "Ал Шорта"ни мағлубиятга учратди  0 23:29"Ман Сити"га ўтаётган Семеньонинг трансфер суммаси ва маоши маълум  0 22:40"Манчестер Сити" ҳимоячиси "Вест Хэм"га ўтишни истамади  0 22:15Куртуа "Реал"нинг декабр ойидаги энг яхши ўйинчиси деб топилди  0 21:42Деклан Райс жароҳат сабаб "Астон Вилла"га қарши ўйнамайди  5 21:05Футболда 2026/2027 йилги мавсумдан бошлаб "Арсен Венгер офсайди" жорий этилиши мумкин  16 20:40Иньяки Уильямс Испания Суперкубоги ҳақида: "Саудия Арабистонида ўйнаш - жуда ёқимсиз"  2

Prevyu. "Buxoro" - "Mashal" Yangiliklar

Prevyu. "Buxoro" - "Mashal"

Teglar :  BuxoroMashal
Oliy liganing 14-turida "Mashal" klubi "Buxoro" mehmoni bo'ladi

 Buxoro (Buxoro) – Mashal (Muborak)
25 iyun 2016. Buxoro. "Buxoro" stadioni. 19:00
Hakamlar:
A. Asimov (Toshkent), M. Saidqosimov (Toshkent), R. SHoyaxmetov (Toshkent), A. SHukurullaev (Toshkent)
Nazoratchi: A. Abdullaev (Toshkent).
O'zPFL vakili: A. Frolov.

Bu ikki klub oliy ligada 28 bor kuch sinashishgan. Natijalar “Mashal”ning ustunligini ko'rsatmoqda. Muborakliklar 12 ta o'yinda g'alaba qozonishgan, 9 bahs durang bilan yakunlangan. 7ta o'yinda “Buxoro” zafar quchgan. To'p kiritish borasida ham “Mashal” oldinda – 42:30. O'zaro o'yinlarda “Buxoro” 30 ochkoga ega bo'lgan, “Mashal” hisobida esa 45 ochko mavjud.

“Buxoro”ning “Mashal” ustidan qozongan eng yirik g'alabasi – 4:0. “Mashal”ning ham “Buxoro” ustidan o'zaro o'yinlardagi eng yirik muvaffaqiyati 4:0ni tashkil qiladi.

O'tgan yil birinchi davrada Muborakda bo'lib o'tgan bahsda jangovor durang qayd etilgan. Buxoroliklar safida Bogdan Xaushi va Jamoliddin Ubaydullaev, mezbonlardan Vladislav Ivanov va Zohir Qo'ziboev gol urishgandi – 2:2. Buxoroda esa Sergey Georgiev va Aziz Ibragimovning (2ta) gollariga mehmonlar safida SHerzod Fayziev javob bergandi – 3:1.

Buxoroda o'tgan so'nggi besh uchrashuv:    
25.09.2015 Buxoro - Mashal 3:1
01.06.2014 Buxoro - Mashal 3:4
07.04.2012 Buxoro - Mashal 1:1
28.05.2011 Buxoro - Mashal 2:0
16.05.2009 Buxoro - Mashal 1:1

O'zaro o'yinlar haqida fakt: Buxorodagi o'yinlarda mezbonlar 6 marta g'olib bo'lishgan. 5 bahsda durang qayd etilgan. “Mashal” ushbu raqib maydonidan uch marta safardan g'alaba bilan qaytgan. So'nggi ikki uchrashuvda “Buxoro” o'z uyida bu raqibga uchtadan gol urgan.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика