So’nggi yangiliklar

01:17Максим Шацких: “Трансфер ойнаси ёпилгунича 2-3 нафар янги ўйинчи оламиз”  0 00:55"Андижон" назорат ўйинида Тожикистон жамоасини мағлуб этди  1 00:41Футболга қайтиш муборак: "Байер" Эрик тен Хагнинг дебют ўйинида йирик ҳисобда мағлуб бўлди  4 00:21"Манчестер Сити" Траффорд билан шартнома имзолаши мумкин  2 23:59"Ақлдан озаётган" "Тоттенхэм" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширишга тайёрланмоқда  2 23:46Алишер Одилов "Навбаҳор"ни тарк этди  3 23:24Микель Артета: "Мадуэке - АПЛнинг энг яхши ҳужумчиларидан бири"  1 22:50Месси Ямалга қарши: Финалиссима қачон бўлади?  4 22:20Исак "Ал Ҳилол"га ўтиши мумкин  1 21:53"Милан" Спортьеллони собиқ жамоасига қайтариб юборди  0 21:33Гампер Кубоги учун ўйин қаерда бўлади?  4 21:14Расман: Нони Мадуэке - "Арсенал" футболчиси!  3 20:52"Насаф" назорат ўйинида "Машъал"дан устун келди  2 20:10"Милан" Модрич ёрдамида "Реал" аъзоси билан музокара ўтказмоқда  0 19:45Моуринью: "Португалияга қайтаман. Фаолиятим охирида эмас, чўққисида"  2

PREVYU. "Bunyodkor" - "Paxtakor" Yangiliklar

PREVYU. "Bunyodkor" - "Paxtakor"

2013 yilgi chempion "Bunyodkor" o'z maydonida 2014 yilgi chempion "Paxtakor"ni qabul qiladi.
Bunyodkor – Paxtakor
7 noyabr 2014. Toshkent. "Bunyodkor" stadioni. 14:00
Hakamlar:
R.Ermatov, A.Rasulov, J.Saidov, V.Serazetdinov.
Nazoratchi: F.Abdullaev.

“Bunyodkor” va “Paxtakor” oliy ligada jami 15 bora to'qnash kelishgan. Natijalar “Bunyodkor”ning ustunligini ko'rsatmoqda. SHu kunga qadar “Bunyodkor” 5ta o'yinda g'alaba qozongan. “Paxtakor” bugunga qadar oliy ligada “Bunyodkor”ni ikki marta mag'lub eta olan. 8ta uchrashuv durang hisobida tugagan. “Bunyodkor” shu kungacha 16ta gol kiritgan, “Paxtakor” esa “qaldirg'ochlar” darvozasiga bugunga qadar 12 bor to'p kirita olgan. “Bunyodkor” o'zaro o'yinlarda 23 ochko ishlab olgan bo'lsa, “sherlar”da ushbu ko'rsatkich 14ga teng.

“Bunyodkor”ning o'zaro o'yinlarda “Paxtakor" ustidan qozongan eng yirik g'alabasi - 2:0 ga teng. “Paxtakor”ning eng yirik g'alabasi – 3:1.

Dastlabki davrada “Paxtakor” maydonida bo'lib o'tgan uchrashuvda “sherlar” muvaffaqiyatga erishishgandi. Igor Sergeev birinchi bo'lim so'nggida va ikkinchi bo'lim boshida ikki bor “qaldirg'ochlar” darvozasini ishg'ol qilgandi. Kaxi Maxaradze hisobni yiriklashtirgan. Bahs tugashi arafasida Vohid SHodiev “Bunyodkor”ning yagona golini urgandi – 3:1.

“Bunyodkor” uyida o'tgan barcha uchrashuvlar:
10.08.2013 Bunyodkor - Paxtakor 1:2
26.06.2012 Bunyodkor - Paxtakor 2:0
21.08.2011 Bunyodkor - Paxtakor 2:1
14.03.2010 Bunyodkor - Paxtakor 2:1
12.07.2009 Bunyodkor - Paxtakor 2:1
08.08.2008 Bunyodkor - Paxtakor 1:1
18.05.2007 Bunyodkor - Paxtakor 1:1

O'zaro o'yinlar haqida fakt: SHu kungacha “Bunyodkor” uyida bo'lib o'tgan 7ta o'yinda 2 marta durang natijasi qayd etilgan. “Qaldirg'ochlar” o'z maydonlarida to'rt marta zafar quchishgan. “Paxtakor”ning bu raqib maydonidagi ilk g'alabasi o'tgan yil qo'lga kiritilgan.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика