So’nggi yangiliklar

18:27"Футбол олами". "Андижон" ва "Нефтчи" юта олмади, "Навбаҳор"да йирик ғалаба. 6-тур ҳақида ҳаммаси  0 18:13Суперлига. 6-тур голи муаллифи - Одил Ҳамробеков  1 17:55Суперлига. 6-тур мураббийи - Рўзиқул Бердиев  0 17:30Суперлига. 6-тур дарвозабони - Дилшод Йўлдошев  0 16:45Про лига. 7-тур учрашувларини бошқарадиган ҳакамлар маълум  0 16:22Суперлига. 7-тур ўйинларининг бошланиш вақтлари эълон қилинди  2 15:43Футзал. БМБ "Пахтакор" дарвозасига жавобсиз 7та тўп киритди  2 15:05Манба: "Динамо" футболчиларига 3 ойдан бери маош берилмаяпти  8 14:47Аукционга қўйилган дўппининг нархи 44 миллион сўмга етди. Барча пуллар болалар шифохонасига хайрия қилинади  11 14:33Олимпиадага чиққан Ўзбекистон U-23 терма жамоаси футболчиларига қанчадан мукофот берилгани маълум  42 13:47ЕЧЛ. "Реал" ва "Бавария"нинг бугунги ўйин учун тахминий таркиблари  25 13:27"Насаф"нинг асосий жамоаси кетидан футзал жамоаси ҳам голлар шоусида ғалаба қозонди  0 12:55Миличкович "Металлург"нинг 900-голи муаллифи  1 12:27"Пахтакор"да йўқотиш. Бу мавсум 5та гол урган футболчи сафдан чиқди  16 11:58"Насаф" голлар шоусида ОКМКни мағлуб этган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  0

PREVYU. "Bunyodkor" - "Navbahor". Toshkentdagi to'qnashuvga marhabo Yangiliklar

PREVYU. "Bunyodkor" - "Navbahor". Toshkentdagi to'qnashuvga marhabo

Teglar :  BunyodkorNavbahor
Bugun Coca Cola Superligasining 20-turida Toshkentdagi "Jar" stadionida "Bunyodkor" "Navbahor" bilan to'qnash keladi.

Garchi markaziy maqomni olmagan bo'lsada, bu o'yinni ham tomosha qilishga etarlicha omillar topilishi shubhasiz. 


Bunyodkor

Usmonali Ismonaliev - 7', Jasur Hakimov - 90'

Superliga. 20-tur

01/10/2022, 18:30

1
:
2
Tugadi

Navbahor

ZHasur YAxshiboev - 42'

45'
90'
7'  Usmonali Ismonaliev
38'  Toxirbek To'xtasinov (Abdulloh Omonaliev)
58'  Farhod O'tkirov (Umidbek Sultonov)
73'  Mahmud Mahamadzhonov
90'  Jasur Hakimov
90'  Akbar Ismatullayev (Muhammadodil Qahramonov)
40'  Azim Ahmedov (Jamshid Boltaboev)
40'  Aleksandr Kasyan (Zoran Marushich)
40'  Diyor Turopov (Asadbek Sobirzhonov)
42'  ZHasur YAxshiboev
89'  ZHasur YAxshiboev (Nurillo To'xtasinov)


"NAVBAHOR" TOSHKENTDAN YANA G'ALABASIZ QAYTADIMI?


Samvel Babayan murabbiyligidagi  "Navbahor" shu vaqtgacha Superliga doirasida "qaldirg'ochlar"ni mag'lubiyatga uchrata olmagan. Poytaxtda o'tgan 16ta uchrashuvning 3tasida durang natija qayd etilgan, qolgan 13 bellashuvda  "Bunyodkor" ning qo'li baland kelgan.  "Lochinlar" mana shu uchrashuvlarda 7ta gol urgan. Mezbonlar esa 36 bor raqib darvozasiga yo'l topa olgan.

2007.05.05. 8-tur. "Bunyodkor" - "Navbahor" 3:1

2008.03.02. 1-tur. "Bunyodkor" - "Navbahor" 1:0

2009.06.21. 13-tur. "Bunyodkor"  - "Navbahor" 6:0

2010.08.26. 18-tur. "Bunyodkor"  - "Navbahor" 2-0

2011.03.12. 2-tur. "Bunyodkor" -  "Navbahor" 1:0

2012.10.19. 23-tur. "Bunyodkor" -  "Navbahor" 1:0

2013.09.20. 19-tur. "Bunyodkor" - "Navbahor" 5:0

2014.05.02. 7-tur. "Bunyodkor" - "Navbahor" 3:0

2015.04.17. 5-tur. "Bunyodkor" -  "Navbahor" 2:0

2016.11.17. 29-tur. "Bunyodkor" -  "Navbahor" 1:1

2017.11.03. 27-tur. "Bunyodkor"  - "Navbahor" 2:2

2018.07.24. 18-tur. "Bunyodkor"  - "Navbahor" 2:1 

2018.10.03. 25-tur. "Bunyodkor"  - "Navbahor" 2:0

2019.11.24. 24-tur. "Bunyodkor" - " Navbahor" 2:1

2020.07.13. 8-tur. "Bunyodkor" -  "Navbahor" 3:1

2021.05.18. 9-tur. "Bunyodkor" -  "Navbahor" 0:0


"LOCHINLAR" IKKINCHI DAVRADA MAG'LUBIYATSIZ ODIMLAMOQDA

Namangan shahri jamoasi Superliganing ikkinchi davrasida hali mag'lubiyatga uchragani yo'q. Bu borada klubning ligadagi mag'lubiyatsiz seriyasi 14ta uchrashuvga etdi. Ular so'nggi bor Superliganing 5-turida o'z maydonlarida "So'g'diyona"ga imkoniyatni boy berishgandi (1:2). 


TURNIR JADVALIDA "NAVBAHOR" BIRINCHI O'RINGA QAYTADIMI?

"Bunyodkor" joriy yilda o'zining eng yomon natijasini qayd etmoqda. 19-turdan so'ng 10 o'rinda ketayotgan jamoa uchun ayni paytda g'alaba juda zarur. Aks holda xavfli zonaga yaqinlashishi ham hech gap emas. 12-o'rinda ketayotgan "Qo'qon-1912" bilan oradagi farq 4 ochkoni tashkil qiladi. G'alaba qozonilgan taqdirda nisbatan olib qaralganda 8-o'ringa ko'tarilish imkoni bor. Buning uchun klub bu turda "Olimpik" va "Neftchi"ning "qoqilishi"ni kutishi kerak. Albatta bu hozircha taxminiy bildirilayotgan fikr. "Navbahor" Toshkentga kelib bir o'q bilan ikki quyonni urib ketishi mumkin. Ayni paytda klub "Paxtakor" va "Nasaf"dan bir ochkoga ortda qolmoqda. Ertangi o'yinda ikki jamoadan biri ochko yo'qotishini hisobga olsak, bugun qo'lga kiritiladigan 3 ochko va jami 40 ochko bilan kamida bir pog'ona yuqorilaydi. Bordi-yu, raqiblari o'zaro durangga imzo cheksa, peshqadam bo'lib olishi hech gap emas. 

YO'QOTISHLAR 


Himoyachi Davronjon Ergashev va yarim himoyachi Suhrob Izzatov bugun "Bunyodkor"ga yordam bera olmaydi. Jarohatidan tuzalgan Farruh Ikromov mashg'ulotlar orqali jismoniy holatini yaxshilashga harakat qilmoqda. "Navbahor" himoyachisi Rustam Ashurmatov O'zbekiston terma jamoasi safida Kamerunga qarshi uchrashuvda jarohat olgan, Kosta-Rikaga qarshi o'yinni o'tkazib yuborgandi. Bilishimizga qaraganla, futbolchi jarohatidan forig' bo'lgan. U bugun maydonga tushishi kutilyapti. 


JAMOALAR 8 YILDAN SO'NG YANA "JAR" STADIONIDA UCHRASHMOQDA  

"Qaldirg'ochlar" o'z maydonlaridagi tamirlash ishlari sababli bugun "Navbahor"ni "Jar" stadionida qabul qiladi. Bilasiz, ushbu arena "Bunyodkor" uchun begona hisoblanmaydi. O'z vaqtida jamoa bu maydonda ko'plab g'alabalarni va ajoyib uchrashuvlarni o'tkazgan. "Bunyodkor" va "Navbahor" oradan 8 yil o'tib yana "Jar" stadionida uchrashmoqda. 


02.05.2014. Superliga 7-tur 

Toshkent. "Jar" stadioni, 2476 tomoshabin 

"Bunyodkor" - "Navbahor" 3:0

Gollar: Vohid SHodiev, Sardor Rashidov, Oleksandr Pishur



Barchaga yoqimli tomosha tilab qolamiz. 

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика