Prevyu. "Bo'rilar" safarda “Kevo”ni enga oladimi?
08 fev 2019 22:05
Yangiliklar
Prevyu. "Bo'rilar" safarda “Kevo”ni enga oladimi?
Veronaliklar o'zlariga kelib, so'nggi bahslarda yaxshi o'yin ko'rsatmoqdalar. Oxirga vaqtlarda bazi uchrashuvlar "Kevo" foydasiga hal bo'lgan bo'lsa-da, ularni ishronchli g'alaba deb bo'lmaydi. To'g'ri, jamoa nisbatan ko'proq gol urmoqda — oxirgi ikki o'yinda 5ta gol. Bu avvalgi 7ta bahsga qaraganda ko'proq. Lekin "Kevo" sal kechroq “uyg'onmadimikan?” Axir 22 turda atigi 9 ochko yig'ib, yuqoriga ko'tarilish qiyin vazifa-ku?!

Rimliklar o'tgan tur uyda "Milan"ni qabul qilib, 1:1 hisobda durang o'ynashdi. “Roma” g'alabaga yaqin edi, ammo imkoniyatlaridan to'g'ri foydalana olmadi. Jamoadagi vaziyat qiyinligiga qaramay, bosh murabbiy Eusebio Di Francheskoga bosim o'tkazishmadi. Bu mavsum safardagi o'yinlarda "bo'rilar"ning omadi unchalik ham yurishmayapti. 11ta uchrashuvda 3 marotaba g'alaba nashidasini surishdi, so'nggi 5ta o'yinda esa 1 bor g'olib bo'ldilar. Xo'sh, siz bugungi o'yindan qanday natija kutyapsiz?
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar