So’nggi yangiliklar

01:41Илёс Зейтуллаев: "Женнифер Лопес ва шунча одамни майдондан ҳайдай олмайман-ку"  2 01:11Элдор Мойлиев: "Биз ҳам "Бунёдкор" ҳам ғалаба қозониб кетиши мумкин эди"  0 00:51Энди Жексон "Челси"га керак эмас  1 00:28Акмал Рустамов: "Ўйлайманки, биз ўйиндан ўйинга кучайиб борамиз"  0 00:16"Манчестер Юнайтед" клуби қайта тамирланган Каррингтон базасини намойиш этди  0 23:57Улуғбек Бакаев: "Агар дуранг бўлганида адолатли бўларди"  3 23:31"Пахтакор"ни чемпионлик курашидан чиқаришга ҳали эрта" — Азамат Абдураимов билан иккинчи давра старти таҳлили   1 23:16Суперлига. Қизил карточка кўрсатилган ўйинда "Бунёдкор" "Шўртан"ни мағлуб эта олмади  9 22:57Шоҳруз Норхонов: "Жамоамга ғалаба келтирганимдан хурсандман"  0 22:44Февзи Давлетов: "Жанговар дуранг бўлди"  0 22:18Ҳаким Фузайлов: "Футболчиларимизга озгина дадиллик етишмади"  1 22:05Суперлига. "Қизилқум" "Бухоро"ни мағлуб этди, Норхонов собиқ жамоасига гол урди  13 21:53"Челси" сўнгги марта 1 ярим йил олдин гол урган ҳужумчисини сотиб юборди  2 21:34Душан Тадич БАА жамоасига ўтди  0 21:03Суперлига. Олмалиқда кечган "Хоразм" – "Сурхон" учрашувида жанговар дуранг  15

Bekobodliklarning g'alabasiz seriyasi davom etadimi? "Andijon" - "Metallurg" uchrashuviga prevyu Yangiliklar

Bekobodliklarning g'alabasiz seriyasi davom etadimi? "Andijon" - "Metallurg" uchrashuviga prevyu

Superliga 8-turining dastlabki uchrashuvida "Andijon" jamoasi o'z o'yida "Metallurg"ni qabul qiladi

O'zaro o'yinlar tarixi

"Andijon" va "Metallurg" jamoalari O'zbekiston chempionati tarixida o'zaro 42ta o'yin o'tkazgan. 18 bahsda bekobodliklar, 13tasida esa andijonliklar g'alaba qozongan. 11 ta o'yinda durang natija qayd etilgan. Kiritilgan va o'tkazib yuborilgan to'plar farqi – 69:61, “Metallurg” foydasiga. O'zaro o'yinlarda “Metallurg”ning eng yirik hisobdagi g'alabasi 5:1 2015 yilda qayd etilgan, “Andijon”ning eng yirik g'alabasi esa o'tgan mavsumda birinchi davra uchrashuvda qayd etild. "Andijon" sobiq hujumchisi Rubin Xebay "porlagan" o'yinda 5:0 hisobi qayd etilgan edi. 

Mazkur jamoalarning Andijonda kechgan o'yinlarida mezbonlar katta ustunlikka ega. Jami 21 to'qnashuvning, 11tasida "burgutlar" g'alaba qozongan, 7 uchrashuvda durang qayd etilgan va bor yo'g'i 3 bahsda mehmonlarning qo'li baland kelgan. To'plar farqi – 36:15.


So'ngi o'yin

20-tur

"Metallurg" – "Andijon" 2:0  

27 sentyabr 2023 yil. Olmaliq, OKMK stadioni. 18:00

Hakamlar: Firdavs Norsafarov, SHohruh Yo'ldoshev, Jasur Rustamov, Sardor Ismatullaev.

VAR: Nayim Qosimov

AVAR: Nikita Afinogenov

Nazoratchi: Marat Ismoilov

Komissar: Diyor Xotamqulov.

Gollar: SHahzod Ubaydullaev 34', Daler SHaripov 69'

"Metallurg": 87.Akmal Ortiqov, 3.Danial Mahini, 4.Kerim Palich, 8.Iskandar SHaykulov (23.Behruz SHodmonov, 81), 9.Zabihillo O'rinboev, 14.Abrorbek Toshqo'ziev, 15.Sardor Abduraimov, 17.Rizo Yazdando'st, 19.Ergash Ismoilov (24.Ro'ziboy Fayzullaev, 90+3), 77.SHahzod Ubaydullaev (20.Daler SHaripov, 61), 97.Muhammadali Aliqulov.

Zaxira: 12.Aleksandr Lobanov, 6.Xudoyshukur Sattorov, 7.Husniddin G'ofurov, 8.Damir Temirov, 21.Muhammadaziz Ibrohimov, 70.Alisher Xayrullaev.

"Andijon": 72.Igor Litovka, 5.Abdulvohid G'ulomov, 8.Farhodbek Bekmurodov, 9.Levan Arveladze (19.Suhrob Berdiev, 58), 13.Sardor Azimov (94.Armin Boshnyak, 58), 15.Vladimir Bubanya, 17.Farhodjon Sohibjonov, 21.Ildar Mamatkazin (28.Islombek Mamatkazin, 71), 26.Muhammadkarim Toirov, 66.Ilhomjon Alijonov (14.Abdurahmon Komilov, 71), 99.Ruben Xebay (22.SHahboz Erkinov, 58).

Zaxira: 1.Eldor Adhamov, 4.Dilshodjon Komilov, 10.Ilhomjon Abdug'aniev, 11.Sardor Abdunabiev.

Ogohlantirishlar: Abdurahmon Komilov (72), Suhrob Berdiev (79).

Etiboringizga, Andijonda bo'lib o'tgan so'nggi besh uchrashuvning natijalarini havola qilamiz

24.02.2023  "Andijon" - "Metallurg" - 5:0

15.09.2021  "Andijon" - "Metallurg" - 1:2

21.06.2020  "Andijon" - "Metallurg" - 0:2

16.06.2019  "Andijon" - "Metallurg" - 1:1

22.10.2016  "Andijon" - "Metallurg" - 0:0


Joriy mavsumdagi natijalar

"Burgutlar" hozirga qadar bor yo'g'i bir marotaba mag'lubiyatga uchrashdi va musobaqa jadvalida ikkinchi o'rinni egallashgan. Joriy mavsumning dastlabki uchrashuvida OKMKga qarshi kechgan uchrashuvda 0:0 hisobida durang qayd etgan andijonliklar, ikkinchi turda "Bobur Arena"da "qaldirg'och"larni 5:1 hisobida "yanchib" tashlashdi. Uchinchi turda "Surxon" ustidan 3:2 hisobida g'alaba qozonilgan bo'lsa, keyingi turda "Nasaf" bilan 1:1 hisobidagi durang qayd etildi. Beshinchi turda safarda "Lokomotiv" 2:1 hisobida taslim etildi. O'zbekiston kubogida "o'lim" guruhidan keyingi bosqichga chiqqan Xomyakov shogirdlari o'z o'yida "So'g'diyona"ga 0:1 hisobida yutqazishdi va mavsumdagi ilk mag'lubiyati qayd etdi. O'tgan turda esa "Neftchi"ga qarshi kechgan vodiy derbisida 2:2 hisobidagi jangovar durang qayd etildi. "Andijon" Superligada 7ta uchrashuvda ishtirok etdi va 12 ochko bilan musobaqa ikkinchi o'rinda.


Bugungi to'qnashuvdagi mehmon "Metallurg" joriy mavsumda chempionatimiz doirasida 6ta uchrashuvda ishtirok etdi va hali g'alaba qozona olmadi. Dastlabki turda Toshkentning "Lokomotiv" jamoasiga qarshi kechgan uchrashuvda 2:2 hisobida durang qayd etishgan bo'lsa, ikkinchi turda "So'g'diyona"ga qarshi uchrashuvda nursiz durang qayd etildi. Uchinchi turda Farg'onaga safar qilgan Steshevich shogirdlari "Neftchi"ga 0:1 hisobida mag'lub bo'lishdi. "Dinamo"ga qarshi kechgan to'qnashuvda esa Bekobodliklar dastlab hisobda oldinga chiqib olishadi, ammo uchrashuvning so'ngi daqiqalarida o'tkazib yuborilgan gol tufayli 1:2 hisobidagi mag'lubiyatni qabul qilib olishadi. So'ngi ikki uchrashuvda esa "Metallurg" "Paxtakor"ga 3:4 hisobida mag'lubiyatga uchradi va o'z o'yida "Qizilqum" bilan nursiz durang qayd etdi.



Ekspert fikri

8-tur eksperti, O'zbekiston terma jamoasi sobiq futbolchisi Baxtiyor Ashurmatov "Andijon" - "Metallurg" uchrashuvida jamoalarning imkoniyatini quyidagicha baholadi:

"Andijon" jamoasi bu yilgi mavsumda ajoyib o'yin ko'rsatmoqda. Aleksandr Xomyakovni esa chempionatning eng yaxshi murabbiylaridan biri deb hisoblashimiz mumkin, chunki byudjeti katta bo'lmagan jamoa bilan sovrinli o'rinlar sari kurashmoqda. To'g'ri, chempionat hali uzoq. Lekin shu vaqt ichida o'z o'yini bilan muxlislar mehrini qozondi. "Metallurg" esa aksincha mavsumni muvaffaqiyatsiz o'tkazmoqda. "Andijon" o'z muxlislari qarshisida g'alabani tantana qiladi. "Metallurg" himoyaviy o'ynashini taxmin qilish mumkin.  Hisob 1:0 

Hakamlar



Superliga

8-tur

"Andijon" – "Metallurg" 

18 may. Andijon. "Bobur Arena". 19:00

Bosh hakam: Sultonmurod Abdurahmonov

Qanot hakamlari: Aleksandr Burov, Akmal G'iyosov    

Zaxira hakami: Doston Mirzaraimov

VAR: Rustam Lutfullin

AVAR: Islom Azimov

Nazoratchi: Jahongir Saidov  

Komissar: Oybek Yunusov

Abdulvosit Bektemirov tayyorladi

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика