So’nggi yangiliklar

16:06Португалия — йилнинг энг яхши терма жамоаси  2 15:41Фарғона вилояти футбол клублари ўртасида ҳамкорлик меморандуми имзоланди  2 15:15Тони Кроос тарихдаги энг улуғ мураббийни айтди  1 14:4938 ёшли Кавани фаолиятини тугатмаган. Ҳаммаси 28 декабрь ҳазили бўлиб чиқди  1 14:22Владимир Йовович "Андижон"га ўтадими? Футболчининг ўзи жавоб берди  4 13:55Манба: Суперлига-2026да апрель ойи ҳақиқий "боксинг дэй"га айланади  9 13:29U-23 Осиё Кубоги олдидан: рақиблар ва имкониятлар  5 13:07Кавани бутсаларини михга илди  18 12:40"Қўқон-1912" қисқа муддатли таътилга чиқди  2 12:16Уоткинс: "Эмери — тактик даҳо"  5 11:48Одил Абдумажидов: "Андижонда – яқинларим кўз ўнгида тўп тепиш бошқача завқ бағишлайди"  0 11:21Каннаваро Ўзбекистон МТЖ футболчисининг ўйинини стадиондан томоша қилди  10 10:55"Хоразм" яна уч нафар футболчиси билан янги шартномалар имзолади  5 10:31"Нефтчи" яна уч нафар футболчиси билан шартномани узайтирди  9 10:16Трансфермаркт нашри 2025 йилда энг кўп нархи тушган футболчилардан иборат рамзий терма жамоани тузиб чиқди  0

Prevyu. "Bavariya" - "Portu" Yangiliklar

Prevyu. "Bavariya" - "Portu"

"Bavariya" birinchi o'yinda "Portu"dan ikki to'p farqi bilan mag'lub bo'ldi.

• Gvardiola "Bavariya" birinchi o'yindagi 1:3 hisobidagi mag'lubiyati uchun "Portu"dan "revansh" olishiga ishonadi.

• Xulen Lopetegi "ajdarlar"ning taqdiri o'z qo'lida ekanligidan mamnun

• "Bavariya" 13:0 to'plar farqi bilan CHempionlar ligasidagi to'rttala uy uchrashuvida ham g'alaba qozongan

• "Portu" bu mavsum CHempionlar ligasida biror marta ham mag'lub bo'lgani yo'q

• Bu turnir yarim finali uchun qura marosimi juma kuni Non shahrida bo'lib o'tadi


Taxminiy tarkiblar

"Bavariya": Noyer; Rafinya, Boateng, Badshtuber, Bernat; Alonso, Lam, Alkantara; Getce, Myuller; Levandovski.

O'ynamaydi: Alaba (jarohat), Benatiya (jarohat), Xavi Martines (jarohat), Robben (jarohat), SHtarke (jarohat)

So'roq ostida: Riberi (jarohat), SHvaynshtayger (jarohat)

"Portu": Fabiano; Rikardu, Maykon, Markano, Martins Indi; Errera, Kazemiro, Oliver Torres; Kuarejma, Martines, Braimi.

O'ynamaydi: Aleks Sandro (diskvalifikaciya), Danilo (diskvalifikaciya), Telo (jarohat)


"Bavariya" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola ishtirokidagi matbuot anjumani:


Filipp Lam safga qaytdi, Bastian SHvaynshtayger esa bugun birinchi mashg'ulotini o'tkazdi. Frank Riberi ertaga maydonga tushishi qiyin, ammo ko'ramiz...

Ertangi o'yin - katta imtihon, ammo "Bavariya" kabi klubda murabbiylik qilsang, har kun sen uchun imtihon. So'nggi bir necha haftada o'z ishim borasida ko'p narsani o'rgandim.

Biz xatto bu muammolar bilan Germaniya Kubogi yarim finaliga chiqdik, mamlakat chempionligiga asosiy davogarmiz va CHempionlar ligasida kurashni davom ettiryapmiz. Bu klub ham xuddi "Real" va "Barselona" kabi faqat uchta sovrindan so'ng mamnun bo'ladi. 

"Bavariya" murabbiyi bo'lsang sen uchun ikki xil o'yin qoidasi bor: g'alaba uchun - eng yaxshisan, mag'lubiyat uchun - taniqdlar seni eb bitiradi. Bu kasbimizning bir qismi.

Ertaga ko'proq tavakkalga qo'l uramiz. Men optimist va realistman. Biz yarim final yo'llanmasini qo'lga kiritishimizga 100% ishonaman.

"Portu" bosh murabbiy Xuan Lopetegi ishtirokidagi matbuot anjumani:


Birinchi uchrashuvga nisbatan bir necha o'zgarishlar qilamiz. Bizdan syurpriz kutish qiyin. To'p bizdaligida hujumga o'tishga urinamiz, to'p raqibda bo'lganida uni qaytarishga harakat qilamiz. Men "Bavariya" nima qilishi haqida bosh qotirmayman. Biz faqat o'zimizning o'yin haqida o'ylayapmiz.

Bizni juda qiyin imtihon kutib turibdi, ammo jamoa juda oddiy echim topishi lozim. Raqibimiz jahonning eng kuchli klublaridan biri "Bavariya". Nima bo'lishi mumkinligi haqida o'ylash kerak emas. O'z o'yinimizni ko'rsatib, xavfli hujumlar yaratishga harakat qilamiz.

Bu mavsumda CHempionlar ligasida erishgan muvaffaqiyatimizdan mamnunmiz. Bor kuchimizni ishga solib, gol urishga harakat qilamiz. Hammasi o'yin qanday o'tishiga bog'liq.


Jamoalarning o'z chempionatidagi so'nggi o'yinlari:

"Xoffenxaym" - "Bavariya" 0:2 (Rode 38, Bek a/g 90+3)

"Portu" - "Akademika" 1:0 (Ernani 12)

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика