Prevyu. "Andijon" - "Nasaf"
23 may 2014 10:55
Yangiliklar
Prevyu. "Andijon" - "Nasaf"
Bugun oliy liganing 9-turidan o'rin olgan "Andijon" - "Nasaf" uchrashuvi bo'lib o'tadi.
Andijon (Andijon) – Nasaf (Qarshi)
23 may. Andijon. “Sog'lom Avlod” stadioni. 17:30
Hakamlar: R. Ermatov (Toshkent), A. Rasulov (Toshkent), J. Saidov (Toshkent), R. Tolibjonov (Farg'ona)
Nazoratchi: G. Imomov (Toshkent).
“Andijon” va “Nasaf” va oliy ligada jami 30 bora to'qnash kelgan. Natijalar “Nasaf”ning ustunligini ko'rsatmoqda. SHu kunga qadar “ajdarlar” 18ta o'yinda g'alaba qozonishgan. Etti o'yin durang bilan yakunlangan. “Andijon” bugunga qadar “Nasaf” 5 marta mag'lubiyatga uchratgan. “Nasaf” 73ta gol kiritgan, “Andijon” esa qarshiliklar darvozasini 42 bora aniq nishonga olgan. “Nasaf” o'zaro o'yinlarda 61 ochko ishlab olgan bo'lsa, “burgutlar”da ushbu ko'rsatkich 22 taga teng.
“Nasaf” o'zaro o'yinlarda “Andijon" ustidan qozongan eng yirik g'alabasi - 8:1 ga teng bo'lsa, “Andijon”da bu ko'rsatkich – 6:0 bo'lib turibdi.
O'tgan yil “Andijon” birinchi ligada ishtirok etgan. SHu bois ushbu jamoalar o'rtasidagi oxirgi o'yinlar 2012 yil bo'lib o'tgan. O'sha yil "Nasaf" har ikkala bahsda g'alaba qozongan. Qarshidagi bahsda SHuxrat Mirxoldirshoev, Artur Gevorkyan, Ivan Boshkovich va Andrey Perepletkin o'z hisoblariga gol yozib qo'yishgandi - 4:0. Vodiydagi uchrashuvda esa jami 7ta gol urilgan. "Burgutlar" tarkibida Alisher To'xtasinov, Davron Tursunov va Akmal Jo'raboev to'p kiritgan. "Ajdarlar"dan Artur Gevorkyan (ikkita), Vladimir SHishelov hamda Jahongir Jiyamurodov o'z nomlarini tabloga yozdirib qo'yishgandi - 3:4.
Andijonda o'tgan so'nggi besh uchrashuv:
05.10.2012 Andijon – Nasaf 3:4
05.11.2011 Andijon – Nasaf 0:4
12.09.2010 Andijon – Nasaf 1:0
30.10.2009 Andijon – Nasaf 2:2
18.10.2008 Andijon – Nasaf 3:1
O'zaro o'yinlar haqida fakt: “Andijon” o'z uyida 4 bor g'alaba qozongan, “ajdarlar” hisobida 5ta g'alaba mavjud. Qolgan 6 o'yin durang hisobi bilan tugagan. Andijonda bo'lib o'tgan so'nggi 2ta o'yinda “Nasaf” g'alaba qozongan, har ikkala uchrashuvda ham Qarshi klubi 4tadan gol urgan.

Fikrlar