Prevyu. "Andijon" - "Qo'qon-1912"
22 avg 2015 09:00
Yangiliklar
Prevyu. "Andijon" - "Qo'qon-1912"
Andijon (Andijon) – Qo'qon-1912 (Qo'qon)
22 avgust 2015. Andijon. "Sog'lom Avlod" stadioni. 17:00
Hakamlar: B. Namozov (Toshkent). S. SHoyusupov (Toshkent), A. Kalinin (Qarshi), D. Karimov (Toshkent)
Nazoratchi: D. Roman (Toshkent)
O'zPFL vakili: R. CHernikov.
“Andijon” va “Qo'qon-1912” oliy ligada jami 19 bora to'qnash kelishgan. Natijalar “Andijon”ning ustunligini ko'rsatmoqda. “Burgutlar” 9ta o'yinda g'olib bo'lishgan. 5ta o'yinda durang qayd etilgan. 5 uchrashuvda esa “Qo'qon-1912” zafar quchgan. To'plar nisbatida ham “Andijon” oldinda – 40:29. O'zaro o'yinlarda “Andijon” 32 ochkoni, “Qo'qon-1912” esa 19 ochkoni qo'lga kiritgan.
“Qo'qon-1912”ning o'zaro o'yinlarda qozongan eng yirik g'alabasi – 5:1 ga teng. “Andijon”da bu ko'rsatkich 6:0 bo'lib turibdi.
Qo'qonda bo'lib o'tgan bahsda durang qayd etilgan. O'shanda tomonlar har qancha harakat qilishmasin raqib darvozasiga yo'l topa olishmagandi.
Andijonda bo'lib o'tgan so'nggi besh uchrashuv:
02.08.2003 Andijon - Qo'qon-1912 1:0
16.11.2002 Andijon - Qo'qon-1912 5:3
26.10.2000 Andijon - Qo'qon-1912 6:2
28.08.1999 Andijon - Qo'qon-1912 2:0
25.10.1998 Andijon - Qo'qon-1912 3:2
O'zaro o'yinlar haqida fakt: Bu jamoalar Andijonda 9ta o'yin o'tkazishgan. SHu o'yinlardan 8tasida mezbonlar g'olib bo'lishgan. Faqat bir marta (1992 yil) “Qo'qon-1912” safarda durang o'ynagan. Ketma-ket etti uchrashuvdan buyon “burgutlar” o'z uyida faqat g'alaba qozonishmoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-23 Осиё Кубоги. Эрон билан дуранг ўйнадик. Гуруҳдан чиқиш масаласи охирги турга қолди
Испания Суперкубоги. "Реал" ярим финалда "Атлетико"ни мағлуб этди, финалда "эл класико" кўрамиз
Роналду кечаги мағлубиятдан сўнг ўз фикрини билдириб ўтди
Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди
Fikrlar