So’nggi yangiliklar

00:32Расман: "Милан" Павлович трансферини эълон қилди  1 00:01"Атлетико" "Барселона" ҳимоячисини сотиб олмоқчи  0 23:31ЕЧЛнинг янги формати тасдиқланди: анъавий гуруҳ босқичи ўтмишга айланди, қуръани махсус компьютер ўтказади  9 22:30Аёллар футболи афсонаси Марта ўзининг Олимпиададаги катта эҳтимол билан сўнгги ўйинида қизил карточка олди  1 21:43Расман: АПЛ "Манчестер Сити"ни жаримага тортди  2 21:18Килиан Мбаппе ўзи ўйнаган клубни расман сотиб олди  2 20:49Юрген Клопп қачон мураббийликка қайтиши ҳақидаги саволга жавоб қайтарди  3 20:25Расман: "Насаф" сербиялик вингер трансферини эълон қилди  8 19:46Суперлигада тоза ўйин вақти ошди  6 19:20"Боруссия" "Манчестер Сити" футболчисини сотиб олади  0 18:43Расман: U-20 Осиё кубогида чемпион бўлган футболчимиз легионерга айланди  8 18:18Флик "Барса" ҳақида: "Манчестер Сити"дек иш тутмоқчимиз"  0 17:41"Барселона" Европа чемпионининг трансфери устида ишлашни бошлади  3 16:53"Пахтакор" фахрийлари 11 август куни Минскда "Динамо"га қарши ўйнайди  8 16:11Ўзбекистон терма жамоаси амалдаги Жаҳон чемпионига қарши ўйнайди  9

Prevyu. “Andijon” – “Nurafshon” Yangiliklar

Prevyu. “Andijon” – “Nurafshon”

4 may kuni Andijonda birinchi liganing 8-turidan o'rin olgan “Andijon” – “Nurafshon” o'yini bo'lib o'tadi.

Bo'lajak bahs oldidan ayrim etiborga molik jihatlarga to'xtatlib o'tamiz.

NAVBATDAGI BAHSGA TAYYORGARLIK AVJIDA

“Mashal-2” bilan o'tgan uchrashuvdan so'ng murabbiylar ertasi kuniyoq ertalab mashg'ulot o'tkazdi. Ayrim futbolchilar tiklanish mashg'ulotlarini olib borgan bo'lsa, qolganlar to'liq kuch bilan ishladi va etarlicha “nagruzka” oldi. Futbolchilarning kayfiyati yuqori. Ular oliy liga sari dadil xarakat qilish kerakligini yaxshi anglab turishibdi. “Nurafshon” bilan bahsda ham yigitlarimiz ishqibozlarni quvontirish uchun bor kuchlarini ishga soladi.  

O'YINNING BOSHLANISH VAQTI MA'LUM

“Andijon” – “Nurafshon” o'yini ertaga “Sog'lom avlod” stadionida bo'lib o'tadi. Uchrashuvning boshlanish vaqti soat 17:00ga belgilangan. CHiptalar sotuvga chiqqan.

UCHRASHUV HAKAMLARI MA'LUM

O'zbekiston professional futbol ligasi, hakamlar departamenti bo'limi mazkur uchrashuvni boshqarib boruvchi hakamlar sifatida vodiylik referilarni tayinlangan. Farg'onalik Olimjon To'yichiboevga qanotlarda Islomjon Nosirov bilan Maksim Nexochin assisentlik qilib borishadi. Ularning har ikkisi ham Namangandan. Zaxira hakami sifatida esa andijonlik Bahodir Ro'zimatov ishlaydigan bo'ldi. Uchrashuv nazoratchi hakami esa namanganlik SHuhrat Bozorovdir.

ANVAR BERDIEV ERTANGI O'YINNI HAM O'TKAZIB YUBORADI

Birinchi liganing 6-turida safarda “Cementchi”ga qarshi kechgan bahsning 85-daqiqasida hakam tomonidan qizil kartochka bilan chetlatilgan Anvar Berdiev afsuski ertangi uchrashuvda ham “Andijon”ga yordam bera olmaydi. Tajribali hujumchi o'tkan tur “Mashal-2” bilan bahsda diskvalifikaciya tufayli maydonga tusha olmagan bo'lsada, jamoadoshlariga maydon chetida dalda bo'lib turganini etirof etish lozim. SHuningdek mashg'ulotlarda ham 39 yoshli futbolchi hamma bilan barobar ishlamoqda. Berdievning nechta o'yinga chetlatilgani borasida hozircha rasmiy malumot yo'q.  

 “NURAFSHON”NING BU YILGI ISHTIROKIGA NAZAR

Ertangi kungi raqibimiz Buxoroning “Nurafshon” jamoasini ko'pchilikka yaxshi tanish bo'lgan murabbiy – Gennadiy Kochnev boshqarib kelmoqda. Jamoaning bu yilgi ishtirokini hozircha ko'ngildagidek deb bo'lmaydi. Boisi “Nurafshon” ortda qolgan 7-turdan so'ng atiga 3 ochko jamg'argan xolos. SHunga qaramay har qanday raqibni xurmat qilgan xolda maydonga chiqish zarur. Umid qilamizki ertangi bahsda futbolchilarimiz raqibning kuchiga munosib baho bera oladilar va kerakli uch ochkoni qo'lga kiritadi.

“NURAFSHON”NING QAYD ETAYOTGAN NATIJALARI

01.04.2017. 1-tur

“Nurafshon” – “Norin” - 0:1 (0:0).

04.04.2017. 2-tur

“Nurafshon” – “Yozyovon-Lochinlari” - 3:1 (2:0).

13.04.2017. 3-tur

“Orol” – “Nurafshon” - 4:3 (1:3).

16.04.2017. 4-tur.

“Xorazm” – “Nurafshon” - 3:0 (1:0).

23.04.2017. 5-tur.

“Nurafshon” – “Nasaf-2” - 0:1 (0:1).

26.04.2017. 6-tur.

“Nurafshon” – “Surxon” - 0:1 (0:1).

01.05.2017. 7-tur.

“Istiqlol” – “Nurafshon” - 3:0 (2:0).

O'z vaqtida oliy liga jamoalarida malum fursat faoliyat yuritgan Mixail Spiridonov, Ilya Ilin, Feruz Boboqulov, Umrillo Ramazonov, Evgeniy Kochnev hamda Aziz Murotov bugungi kunda “Nurafshon”sharafini himoya qilayotganini aytib o'tish lozim. Tarkibida etarlicha etakchi o'yinchilar bo'lishiga qaramay jamoaning turnir jadvalida egallab turgan o'rniga xavas qilib bo'lmaydi (17-o'rin).  

“Nurafshon” shu kungacha o'tkazilgan ettita o'yinda raqiblari darvozasiga 6ta to'p kiritib, o'z darvozasidan 14ta gol o'tkazib yuborgan.

JAMOA TARKIBIDA KIMLAR GOL URMOQDA?

1. Saidjon Ashurov – 2ta.

2. Dilshod Fayziev – 1.

3. Umrillo Ramazonov – 1.

4. Feruz Boboqulov – 1.

5. Fuzayl Qorayog'diev – 1. 


“Andijon” matbuot xizmati.


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика