So’nggi yangiliklar

14:15"Арсенал" яна бир трансфер бўйича келишувга эришди  0 14:06CAFA NATIONS CUP-2025 мусобақаси бошланмоқда. Эртага ўйинолди матбуот анжуманлари ва расмий машғулотлар бўлиб ўтади  1 13:45Бенту Ўзбекистон терма жамоаси тарихидаги 10-хорижлик мураббий бўлади. Аввалги ҳамкасблари қандай натижа кўрсатган?   20 13:03Бугун ЕЧЛга қуръа ташланади. Олма-отага кимлар келади?  4 12:43Конференциялар лигаси саралаши. Бугун Файзуллаев ва Шомуродов жамоаси жавоб учрашувида майдонга чиқади  4 11:34Эшитдик-да! Тимур Кападзе "Пахтакор" бош мураббийи бўлиши мумкин  58 10:48ПСЖ ва "Ювентус" ўзаро келишувга эришди  0 10:23"Челси" 24 йиллик анаънадан воз кечади  7 09:56Икич Фране: "Жамоамиз бу ўйинда ғалаба қозонишга ҳақли эди"  2 09:27Германия терма жамоасининг сентябрдаги ўйинлар учун чақирилган футболчилари маълум  5 08:54МЮ Брунуни сотишга тайёр. Унга нарх қўйилди  8 08:27"Бухоро" "Бунёдкор"ни мағлуб этиб, тарихда илк бор ярим финалга чиққан учрашувдан ФОТОГАЛЕРЕЯ  9 08:00Жароҳатдан қайтган Месси жамоасини Лига кубоги финалига олиб чиқди  10 07:50Германия Кубоги. "Бавария" меҳмонда 3-лига жамоасини мағлуб этди  1 07:31Аморим кечаги мағлубиятга изоҳ берди  8

Prevyu. "Al Hilol" - "Paxtakor" Yangiliklar

Prevyu. "Al Hilol" - "Paxtakor"

"Paxtakor" CHempionlar Ligasidagi ishtirokini 14 sentyabr kuni "Al Hilol"ga qarshi o'yin bilan davom ettiradi.

Jamoalar tarkibida diskvalifikaciyaga uchragan futbolchilar yo'q. "Al Hilol" safida Sebastyan Jovinko, Bafetimbi Gomis, Andre Karrilo va Jan Xyun Su legioner sifatida ro'yxatdan o'tkazilgan. Jamoani ruminiyalik Razvan Luchesku boshqarmoqda. Bir necha kun avval riyodliklar Saudiya Arabistoni chempionatida 16-marta oltin medallarni qo'lga kiritishdi. SHuningdek, ushbu klub CHempionlar Ligasining amaldagi g'olibi hisoblanadi. Klubning 8-10 nafar futbolchisi Saudiya Arabistoni milliy terma jamoasiga nomzod sanaladi.

Jamoalar ayni paytga qadar 6 marta to'qnash kelishgan. Ulardan 4tasida "Hilol" zafar quchgan bo'lsa, 2 bellashuv durang bilan yakunlangan. "Paxtakor" o'zaro o'yinlarda 4 to'p kiritgan bo'lsa, raqib 13 bor gol urgan. Igor Sergeev ikki bor Riyod jamoasi darvozasini ishg'ol qilishga erishgan.

"Al Hilol"ning CHempionlar Ligasiga futbolchilar ro'yxati bilan tanishing.


Darvozabonlar
1. Abdulloh Al Muayif
30. Muhammad Vakid
31. Abdulloh Aljadani
40. Navaf G'amdi
Himoyachilar
2. Muhammad Al Burayk
5. Ali Al Bulayhi
12. Yosir SHahrani
17. Abdulloh Al Hafiz
20. Jan Xyun Su (Janubiy Koreya)
22. Amir Kurdi
23. Madallah Al Olayan
32. Mutib Mufarri
34. Volid Abdulvahob
54. Muhammad Kunaydiri
70. Muhammad Jahfali
Yarim himoyachilar
7. Salman Faraj
8. Abdulloh Otayf
10. Muhammad Al SHalbuh
16. Nossir Davsari
19. Andre Karrilo (Peru)
24. Navaf Al Obid
27. Xatan Sulton
28. Muhammad Kanno
29. Salim Davsari
35. Mansur Albishi
55. Hamad Alabdan
Hujumchilar
9. Sebastyan Jovinko (Italiya)
11. Saloh SHehri
18. Bafetimbi Gomis (Franciya)
33. Fahad Mutayri



Saudiya Arabistoni klublari bilan bellashuvlar tarixi

14 sentyabr kuni "Paxtakor" Doxada Saudiya Arabistonining "Al Hilol" jamoasi bilan maydonga tushadi.

Saudiya Arabistoni klublariga qarshi Osiyo klublar musobaqalarida "Paxtakor" 25 bahsda maydonga tushgan. Ularda 4 g'alaba, 5 durang va 16 mag'lubiyat kuzatilgan. Raqiblar darvozalari 19 bor ishg'ol qilinib, 50 marta to'p o'tkazib yuborilgan. Jami 6 raqibga qarshi to'qnashuvlar kuzatilgan. "Paxtakor" o'zbek klublari orasida Saudiya Arabistonida zafar quchgan yagona jamoa sanaladi.

Saudiya Arabistoni klublariga qarshi qayd etilgan natijalar bilan tanishing:
Al Ahli - 2:1, 0:3, 1:0, 1:2
Al Ittifoq - 2:1, 1:0, 0:2
Al Ittihod - 0:3, 0:1, 1:1, 0:4, 0:4, 1:2
Al Nasr - 2:2, 0:4
Al Hilol - 0:2, 0:2, 1:1, 0:2, 2:2, 1:4
Al SHabab - 1:3, 1:2, 2:2, 0:2


Al Hilal

Sebastian Giovinco - 45', Hattan Sultan Bahbri - 90'

AFC Champions League Grp. B . 3-tur

15/09/2020, 00:00

1
:
2
Cancelled

Pakhtakor Tashkent

Eren Derdiyok - 70'

Reyting: +18   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика