So’nggi yangiliklar

13:05Сергей Чигодаев - Ўзбекистон U-16 терма жамоасининг CAFA U-17 кубогидаги илк ўйини ҳақида  0 12:35"Челси" икки дарвозабонни кўриб чиқмоқда  0 12:04Тен Хаг топ клубга бош мураббий бўлмоқда  3 11:23"Реал" ПСЖ юлдузини харид қилмоқчи  6 11:00Каору Митоманинг янги жамоаси деярли аниқ  2 10:34Кевин Де Брюйне “Наполи“да қанча маош олиши маълум  2 10:08“Майдонда максимал даражада кучимизни сарфлаймиз, бизда ишонч бор” - Дониёр Абдуманнопов “Сурхон”га қарши ўйин, чиройли гол ва Суперкубок ҳақида  2 09:40Васкес фаолиятини Осиёда давом эттириши мумкин  5 09:11Ҳусановнинг собиқ мураббийи Англия жамоасини бошқаради  3 08:43Мбаппе “Олтин бутса“ учун курашда биринчи ўринга чиқиб олди  28 08:17Sofascore. Захирадан майдонга тушиб, ассист қайд этган Файзуллаев неча баҳо олди?  3 08:00Суперлига. "Нефтчи" "Шўртан"ни йирик ҳисобда мағлубиятга учратди. "Сўғдиёна" эса ўз майдонида "Бухоро" билан дуранг ўйнади  2 07:54Суперлига. Бугун 3-та учрашув бор  7 07:27АПЛга йўл олган учинчи жамоа номи маълум  7 03:31Франция кубоги. ПСЖ "Реймс"ни йирик ҳисобда мағлуб этиб, бош совринга эга чиқди  7

Premer-liganing tur sharhi (+EPLManager) Yangiliklar

Premer-liganing tur sharhi (+EPLManager)

Teglar :  Eplmanager
Angliya chempionatining bu mavsumdagi eng yorqin turlaridan biri yakuniga etdi.

6-tur o'yinlari "Manchester Yunayted" - "Lester Siti" o'yinidan boshlandi (4:1). Muxlislar va OAV tomonidan jiddiy tanqid qilinayotgan MYU amaldagi chempion bilan bahsda o'ziga keldi. Uchrashuvning asosiy voqeasi - Pogbaning birinchi goli.

Yurgen Klopp qo'l ostidagi "Liverpul" juda yaxshi formada. Mersisaydlar shanba kuni "Xall"ni yirik hisobda mag'lub etishdi (5:1). Lallana, Mane va Koutino bittadan gol urishdi, Milner esa ikki penaltini muvaffaqiyatli amalga oshirib, dubl qayd etdi. Mehmonlar safida yagona golga Meyler mualliflik qildi. "Liverpul" chempionlik uchun yana davogarmi?

CHempionat etakchisi "Manchester Siti" "Suonsi" mehmoni bo'ldi va "oq qushlar"ni 3:1 hisobida taslim etdi. Pep Gvardiola jamoasi hozircha 100% lik natija ko'rsatayotgan yagona klub. Serxio Aguero ikkita gol urdi, Kevin De Bryuyne esa 2 ta golli pas berdi.


"Tottenxem" 2:1 hisobida "Midlsbro"ni mag'lubiyatga uchratdi. Son Xyon Minning dubli Maurisio Pochettino jamoasiga uch ochko keltirdi. "Sautgempton" muvaffaqiyatsizlikka uchrayotgan "Vest Xem"ni yirik hisobda taslim etdi (3:0). "Sanderlend" va "Kristal Pelas" gollar shousini uyushtirishdi (2:3). Defoning dubli jamoani mag'lubiyatdan qutqara olmadi.

"Stok Siti" va "Vest Bromvich" ochkolarni bo'lishib olishdi (1:1), "Byornli" esa uyda "Uotford"ni mag'lub etdi. London derbisida "CHelsi" "Arsenal"ga yirik hisobda mag'lub bo'ldi. Arsen Venger shogirdlari Konte jamoasi darvozasiga javobsiz 3 ta gol urdi.

Galaxy ligadagi eng ko'p ochko to'plagan foydalanuvchi - amirul42208 jamoasi egasi bo'ldi. U 13 ochko ishlagan Adam Lallanani supersardor etib tayinladi (39 ochko).


Ayni damda Galaxy ligada o'zbekistonlik Real 0620 nomli jamoa egasi turnir jadvalining birinchi pog'onasini egallab turibdi (170 ochko). Keyingi o'rinlarni Oplet (Indoneziya) va Ruurur (O'zbekiston) jamoalari egallab turibdi.


Turning eng yaxshi futbolchilari:


1. Adam Lallana (LIV) 13 points

2. Philippe Coutinho (LIV) 13 points

3. Michael Keane (BRN) 12 points

4. Son Heung-Min (TOT) 12 points

5. James Milner (LIV) 11 points


Eng ko'p super-sardor etib tayinlangan 5 futbolchi:


1. Zlatan Ibrahimovic

2. Kevin De Bruyne

3. Sergio Aguero

4. Diego Costa

5. Raheem Sterling

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика