So’nggi yangiliklar

01:50U21 биринчилиги. Пешқадам "Навбаҳор"дан кичик, "Андижон"дан 7:2 ҳисобидаги ғалаба ва бошқа натижалар  0 01:30Заид Таҳсин: "ОКМКдан устун эдик. "Пахтакор" аъзоси бўлиш шараф"  1 01:13Миржалол Қосимов: "Ҳакам яна бироз вақт қўшиб берганида уч тайм футбол ўйнаган бўлардик. Русчасига айтганда "заслужили""  1 00:30"Тоттенхэм" "Ал Ҳилол" ҳужумчисини сотиб олиши мумкин  0 00:05Камолиддин Тожиев: "Биринчи бўлимни ёмон бошладик, иккинчи таймда эса ўйинни назорат қилдик. Бешта гол уришимиз ҳам мумкин эди"  9 00:00"Кривбасс" дарвозабони Европадаги йиғин давомида қочиб кетди  0 23:35Тер Штеген Жоан Гарсиянинг рўйхатга олинишига тўсқинлик қилмоқда  0 23:00Томас Парти Испанияга қайтмоқда — Here We Go!  1 22:33"Боруссия" электромобил ишлаб чиқарувчиси билан ҳамкорлик қилади  0 22:05Суперлига. ОКМК Санчеснинг дубли эвазига "Пахтакор" майдонида ғалаба қозонди  74 21:36"Боруссия" АПЛдан 25 млн еврога ўйинчи сотиб олиши мумкин  0 21:08Жек Грилиш "Эвертон"га ўтиши мумкин  0 20:37"Реал Мадрид" Родриго бўйича бирорта клубдан таклиф олмагани маълум бўлди  5 19:51"Эспаньол" Лукас Васкесни таркибга қўшиб олмоқчи  0 19:22МЮ "Лейпциг"га Шешко учун катта сумма таклиф қилди  2

Predrag Rogan: "Dinamo" Superligada “jon saqlab” qolish uchun kurashmaydi" Yangiliklar

Predrag Rogan: "Dinamo" Superligada “jon saqlab” qolish uchun kurashmaydi"

O'zbekiston Coca Cola kubogi guruh bosqichi, 2-turidan o'rin olgan “Navbahor” – “Dinamo” (1:0) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida "Dinamo" ustozi Predrag Rogan qatnashdi.

Quyida serbiyalik mutaxassisning o'yin haqidagi fikrlari bilan tanishasiz.

- Avvalo bugungi g'alaba bilan “Navbahor”ni tabriklayman. Mezbonlar haqiqatanam ajoyib o'yin namoyish etishdi va haqli tarzda zafar quchishdi. Biz esa garchi raqibga munosib qarshilik ko'rsatishga intilgan bo'lsakda, buning uddasidan chiqa olmadik hamda mag'lubiyatga uchradik. Ammo ushbu bahsda jamoamiz tarkibidan ko'plab yosh futbolchilar o'rin olishgani va ularga biroz tajriba etishmaganligini ham takidlash joiz.

Uchrashuvning 1-bo'limi “Navbahor” ustunligida o'tdi. O'z darvozamizdan to'p o'tkazib yuborganimizdan keyingina yigitlar yaxshi o'ynashga intilishdi. Takidlaganimdek, tarkibimizdan ko'plab yosh futbolchilar o'rin olishgan. Ular orasida hattoki, 2000 va undan yuqori yillarda tug'ilgan futbolchilar ham bor. Ularga esa biroz tajriba kerak. Ammo maydonda, menimcha, yoshning farqi bo'lmasligi kerak.

Joriy mavsum arafasida Turkiyada o'quv-mashg'ulot yig'ini olib bordik va mazkur yig'in doirasida bir qator o'rtoqlik uchrashuvlari olib borib, ularning ayrimlarida ijobiy natijalarni qayd etdik. Biroq o'rtoqlik o'yinlari bilan Superliga bahslari o'rtasida katta farq bor. Futbolchilar maydonda qo'rqmay, to'p tepishlari kerak. SHogirdlarim oldingi, yani, “Paxtakor”, “So'g'diyona” va “Qizilqum” jamoalariga qarshi kechgan o'yinlarda raqibga munosib qarshilik ko'rsata olishdi. Lekin natija shunga yarasha bo'lmadi. SHuningdek, yigitlar bugun ham raqibga qarshilik ko'rsatishga intilishdi. Ammo “Navbahor” ham kuchli va yaxshi jamoa.

Joriy mavsumda Superligada “jon saqlab” qolish uchun emas, balki, yuqoriroq o'rinlarni egallash uchun kurash olib boramiz. Tarkibimizdan 20 nafar yangi futbolchi o'rin olgan va jamoamiz yuz foiz yangilangan desak bo'laveradi. Futbolchilar maydonda o'zaro bir-birlarini tushunishlari, sifatli o'yin namoyish etishlari uchun hali ko'p mehnat qilishimiz zarur.

Bugungi bahsda asosiy tarkibning 5-6 nafar futbolchisi ayrim sabablarga ko'ra, maydonga tushishmadi. Ular orasida Abdujamol Isroilov ham bor va uning diskvalikafiyasi tezroq yakunlanib, safimizga qaytishini kutyapmiz", - dedi Rogan.




Reyting: -3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика