Prandelli: "Borussiya" bilan o'yinda xar bir to'p uchun kurashishimiz kerak"
04 noy 2014 11:50
Yangiliklar


Prandelli: "Borussiya" bilan o'yinda xar bir to'p uchun kurashishimiz kerak"
"Galatasaray" bosh murabbiyi CHezare Prandelli "Borussiya"ga qarshi CHempionlar ligasi 4-tur uchrashuvi oldidan raqib jamoasi haqida fikr bildirdi.
"Borussiya" Evropaning eng kuchli jamoalaridan biri hisoblanadi. Ularda yaxshigina taktik tushuncha bor. Raqib ko'p yillardan beri bir murabbiy qo'l ostida shug'ullanishadi. Ularga qarshi bo'ladigan o'yinda xar bir to'p uchun kurashishimiz kerak. Agar shu ishni amalga oshira olsak, biz g'alaba qozonamiz.
"Borussiya" - ochiq zonalarni osonlik bilan yopa oladigan jamoa. Ularga qarshi o'z ishtiyoqimizni ko'rsatishimiz kerak. Bu narsa o'yindagi birinchi maqsadimiz" - deydi murabbiy.

Fikrlar