So’nggi yangiliklar

13:05"Локомотив" Чехия Кубоги финалчиси билан ўйнайди  0 12:38Расман: Шерзод Эсанов "Бухоро" футболчисига айланди  1 12:20МТЖ 5 майдан йиғин ўтказади ва Суперлиганинг етакчи клубларига қарши ўртоқлик ўйинларида қатнашади  1 11:58​"Пахтакор" Риаскос, Абдихолиқов ва яна 4 нафар футболчи билан хайрлашганини маълум қилди  3 11:35"Навбаҳор"га РПЛда ўйнаётган ҳимоячи келмоқда  12 11:08Расман: Дмитрий Плетнёв — "Бунёдкор" футболчиси!  2 10:44"Навбаҳор" футболчиси "Қўқон-1912" ўтиши мумкин  0 10:18Санжар Қувватов: "Пахтакор"дан таклиф тушганида ўйлаб ҳам ўтирмадим"  5 09:52“Андижон” Анталияда 10 та ўртоқлик учрашувида қатнашади  7 09:25"Истанбул Башакшеҳир" футболчиси Шомуродов ва Файзуллаевнинг ўйинига юқори баҳо берди  5 08:58Шерзод Насруллаев: "Совринларим сонини кўпайтириш учун "Пахтакор"га келдим. Роналдуга қарши ўйнаш орзум бор эди"  12 08:30Sofascore. Гвардиола мақтаган Ҳусанов кечаги учрашувда неча баҳога лойиқ кўрилди?  2 08:04Камолиддин Тожиев: "Алижоновни қолди десак бўлади. Иккита ҳужумчи олсак..."  3 07:32Гвардиола кечаги ўйиндан сўнг Ҳусанов ҳақида фикр билдирди  10 03:44А Серия. "Интер" "Парма"ни енгди. "Наполи" эса очко йўқотди  1

Poytaxtimizda OFKning klublarni licenziyalash jarayonida moliyaviy mezonlar mavzusida seminar bo'lib o'tmoqda Yangiliklar

Poytaxtimizda OFKning klublarni licenziyalash jarayonida moliyaviy mezonlar mavzusida seminar bo'lib o'tmoqda

Teglar :  OFK
O'zbekiston Professional futbol ligasi hamda Osiyo Futbol Konfederaciyasi tashabbusi bilan poytaxtimizda klublarni licenziyalash jarayonida moliyaviy mezonlar mavzusida amaliy seminar bo'lib o'tmoqda.

Bugun 15 aprel kuni PFL binosida mazkur seminar start oldi. Unda Superliga hamda A Pro-liga klublari vakillari, xususan klublarning moliyaviy sohasiga javob beruvchi xodimlari ishtirok etishmoqda. Seminarni OFKning klublarni licenziyalash bo'yicha maslahatchisi Samuel Pantradil hamda OFKning klublarni licenziyalash bo'yicha menejeri Avi Gupta olib bormoqda.

Seminar davomida OFK vakillari klublarning licenziyadan o'tish jarayonida moliyaviy hujjatlarni to'g'ri yo'lga qo'yilgani hamda klubda moliyaviy ishlar tizimli tarzda to'g'ri olib borilayotgani muhim ahamiyat kasb etishini qayd etishdi. Seminarda klub moliya tizimida etibor qaratilishi lozim bo'lgan jihatlar, ushbu sohada ilg'or mamlakatlar tajribalarini yo'lga qo'yish, bunda OFKning asosiy etibor qaratadigan jihatlari to'g'risida klublar vakillariga batafsil malumot berilmoqda.

SHuningdek, seminarda bir qator auditorlik idoralari ham ishtirok etishmoqda. Ular ham OFK tomonidan moliyaviy sohada urg'u beriladigan jihatlarni to'la o'rganib, klublarning qarzdorlik masalalarini tezda bartaraf etish, har bir klub moliyaviy tizimini to'g'ri yo'lga qo'yishda o'z tavsiyalari va maslahatlarini bildirishadi.

OFKning klublarni licenziyalash jarayonida moliyaviy mezonlar mavzusidagi seminari 2 kun davom etadi. Ertaga seminar ishtirokchilari moliyaviy menejment bo'yicha amaliy mashqlar o'tkazishi ko'zda tutilgan.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика