So’nggi yangiliklar

19:26"Бавария" ПСЖ футболчисини 90 млн. еврога сотиб олмоқчи, аммо бир йилдан сўнг  0 19:15"Локомотив" "Навбаҳор" футболчилари билан шартнома имзолади  0 19:08Кроос Кукурельянинг қўли ҳақида: "Ҳакам пенальти қўйишни хоҳламади"  2 18:45⚡️Шерзод Эсанов тез орада Россия клубига трансфер қилинади  9 18:23Эшитдик-да! Асадбек Собиржонов "Металлург" билан шартнома тузди. Бугун футболчи Бекобод клуби сафида майдонга тушди  1 18:06Рабьо эркин агентга айланди  1 17:56Льорис аргентиналикларнинг бақириқлари ҳақида: "Бу Франция халқига жиддий ҳужум"  4 17:02"Лилль" МЮга ўтиши кутилаётган Йорони қўрқитишга ўтди  4 16:53"Ал Насср" бразилия терма жамоаси вакили билан битим имзолади  1 16:15Ибрагимовичнинг ўғли "Милан" билан шартнома имзолади  2 15:41"Рома" янги мавсум учун либосини тақдим этди  2 15:35Мбаппенинг онаси: "Ўғлим ҳеч қачон алдамаган"  7 15:02"Арсенал" қора рангдаги либосини тақдим этди  2 14:52"Атлетико" тез орада 30 млн. евролик трансфер ҳақида эълон қилади  1 14:19Ўзбекистон U23 терма жамоаси янги либосларда машғулот ўтказди  24

Poyga boshlandi: A Seriya 1-turi yakunlari haqida Yangiliklar

Poyga boshlandi: A Seriya 1-turi yakunlari haqida

Italiya chempionatida 1-tur uchrashuvlari ortda qoldi.

Tur davomida bir qator murosasiz bellashuvlar va qiziqarli natijalarga guvoh bo'ldik. Hozir siz bilan turning eng esda qolarli vaziyatlari haqida suhbatlashamiz.

 

"Napoli" "Frozinone"ni taslim etdi

Frosinone

Abdou Harroui - 7'

Serie A . 1-tur

19/08/2023, 21:30

3
:
1
Tugadi

SSC Napoli

Matteo Politano - 24', Victor Osimhen - 42', Victor Osimhen - 79'

Stadion: Stadio Benito Stirpe, 15822 tomoshabin

Bosh hakam: Matteo Marcenaro

45'
90'
7'  Abdou Harroui
12'  Anthony Oyono
45'  Luca Mazzitelli
67'  Marvin Cuni (Gennaro Borrelli)
67'  Giuseppe Caso (Giorgi Kvernadze)
75'  Luca Mazzitelli (Marco Brescianini)
75'  Jaime Baez (Luigi Canotto)
83'  Francesco Gelli
86'  Abdou Harroui (Enzo Barrenechea)
13'  Stanislav Lobotka
24'  Matteo Politano
27'  Jens-Lys Cajuste
35'  Giacomo Raspadori
39'  Mathias Olivera
42'  Victor Osimhen
42'  Giovanni Di Lorenzo
46'  Jens-Lys Cajuste (Andre-Frank Zambo Anguissa)
76'  Mathias Olivera (Mario Rui)
76'  Matteo Politano (Eljif Elmas)
79'  Victor Osimhen
79'  Giovanni Di Lorenzo
81'  Victor Osimhen (Giovanni Simeone)
87'  Rudi Garcia
90'  Stanislav Lobotka (Leo Oestigard)

Amaldagi chempion uchun bellashuv juda og'ir boshlandi. 7-daqiqada Oliveyra jarima maydonchasida CHunini yiqitdi va Arru penaltidan unumli foydalandi. "Napoli" darhol tempni oshirdi, lekin ishlar golli vaziyatlargacha etib bormasdi. Bo'lim o'rtalariga yaqin, aniqrog'i 24-daqiqada Politano himoyachining sustkashligidan keyin to'pni o'ziga o'nglab, muvozanatni tiklovchi zarbani amalga oshirdi. Neapolliklar bosimi davom etardi. 35-daqiqada Osimxenning uzatmasidan keyin Raspadori to'pni erga tushirmay darvozaga yo'lladi, biroq Osimxendagi o'yindan tashqari holat tufayli gol bekor qilindi. "Frozinone" ustunlikni to'liq raqibga topshirib qo'ydi, "Napoli"ning agressiyasi esa yana bir golga sabab bo'ldi. Di Lorenconing faolligi va uzatmasidan keyin Osimxen yangi mavsumdagi ilk golini urishga muvaffaq bo'ldi. 

Ikkinchi bo'lim boshida esa "Frozinone" faolroq harakat qildi. Ayniqsa Baesning jarimadan yo'llagan zarbasi "Napoli"ni havotirga sola oldi. Bunga Osimxen darhol javob berishi mumkin bo'ldi. Biroq Raspadorining uzatmasidan keyin nigeriyalik mo'ljalda adashdi. A Seriya eng yaxshi to'purari yana gol urish ilinjida harakat qilardi. 79-daqiqada Di Lorenco birgina harakat bilan raqib himoyasini dog'da qoldirdi Osimxen esa to'pni darvozabonning yonidan o'tkazib qo'ysa bo'ldi edi. "Napoli" muxlislarini biroz qo'rqitgan bo'lsada, yakunda ishonchli g'alabani tantana qildi.


"Yuventus" "Udineze"ni ayab o'tirmadi

Udinese

Serie A . 1-tur

20/08/2023, 23:45

3
:
0
Tugadi

Juventus

Federico Chiesa - 2', Dusan Vlahovic - 20', Adrien Rabiot - 45'

Stadion: Dacia Arena - Stadio Friuli, 24991 tomoshabin

Bosh hakam: Antonio Rapuano

45'
90'
31'  Christian Kabasele
46'  Oier Zarraga (Lazar Samardzic)
46'  Hassane Kamara (Jordan Zemura)
57'  Festy Ebosele (Joao Ferreira)
66'  Florian Thauvin (Isaac Success)
75'  Beto (Lorenzo Lucca)
2'  Federico Chiesa
2'  Dusan Vlahovic
20'  Dusan Vlahovic
28'  Alex Sandro
35'  Danilo
45'  Adrien Rabiot
45'  Andrea Cambiaso
46'  Fabio Miretti (Nicolo Fagioli)
46'  Timothy Weah (Weston McKennie)
70'  Andrea Cambiaso (Samuel Iling-Junior)
77'  Federico Chiesa (Arkadiusz Milik)
85'  Dusan Vlahovic (Kenan Yildiz)
90'  Manuel Locatelli

"Keksa sinora" o'yinni faol tarzda boshladi. Vlaxovich 2-daqiqadayoq to'pni raqibdan olib qo'yib, Kezaga oshirdi, Federiko esa uzoq o'ylab o'tirmay, jarima maydonchasi tashqarisidan aniq zarba yo'lladi. "Yuventus" hujum qilishda davom etdi va navbatdagi shu kabi hujumda to'p jarima maydonchasi ichida Kabazelning qo'liga tegdi. Zarbani Dushan Vlaxovich ishonchli tarzda amalga oshirdi va oradagi farqni ikkitaga oshirib qo'ydi. Bundan keyin o'yin ancha tinchlandi va faqatgina bo'lim oxirida Toven uzoqdan xavfli zarba yo'llaganida jonlandi. SHensni jamoasini qutqara oldi. Qizig'i, deyarli keyingi hujumdayoq "Yuventus" gol urdi. Turinliklar safida debyut uchrashuvini o'tkazayotgan Kambyasoning ajoyib uzatmasidan keyin Rabo boshi bilan to'pni to'rga yo'lladi.

Tanaffusdan keyin "Udineze" tashabbusni o'z tomoniga og'dirishga urinib ko'rdi. Toven va Samardjich zarbalar yo'llashdi. Umuman olganda, "zebralar" ko'proq hujum qilardi. Birozdan keyin Kamaraning havodan uzatgan to'piga Lovrich boshi bilan zarba berdi va SHensni yana katta sahnaga chiqdi. "Yuventus" esa odatga aylanib qolgan uslubi, ishonchli natija qilib olgach, o'zini ortiqcha qiynamadi ham. Biroq SHensni ter to'kishiga to'g'ri keldi. O'yin oxiriga yacin Samarjich boshi bilan yo'llagan zarbasi xavfli ko'rinish oldi. Natijada, "keksa sinora" 3-0 hisobida zafar quchdi, lekin futbolchilar 3 ochko uchun kiperga alohida rahmat aytib qo'yishi zarur.


"Torino" va "Kalyari" murosa ko'chasini tanlashdi

Torino

Serie A . 1-tur

21/08/2023, 21:30

0
:
0
Tugadi

Cagliari

Stadion: Stadio Olimpico Grande Torino, 20296 tomoshabin

Bosh hakam: Francesco Cosso

45'
90'
36'  Alessandro Buongiorno
46'  Yann Karamoh (Nemanja Radonjic)
68'  Nikola Vlasic (Pietro Pellegri)
68'  Samuele Ricci (Karol Linetty)
75'  Ricardo Rodriguez (David Zima)
87'  Antonio Sanabria (Simone Verdi)
46'  Edoardo Goldaniga (Alessandro Di Pardo)
61'  Gaetano Oristanio (Jakub Jankto)
61'  Zito Luvumbo (Eldor Shomurodov)
71'  Nahitan Nandez (Leonardo Pavoletti)
87'  Adam Obert (Alessandro Deiola)
90'  Leonardo Pavoletti

Mezbonlar o'yinni faolroq boshlashdi. Sanabriyaning zarbasidan keyin Radunovich jamoasini goldan qutqardi. Birozdan so'ng endi "Kalyari"da vaziyat yuzaga keldi. Pauloga biroz omad etishmadi. Nandesning zarbasidan keyin esa Milinkovich-Savich "to'qqizlikka" kirib ketayotgan to'pni qaytarishga erishdi. "Torino" malum vaqtgacha faqatgina standartlardan keyin vaziyatlarga ega bo'lardi. Burchak zarbasidan keiyn Sxorsda imkoniyat bo'ldi, ammo unga aniqlik etishmadi. Umuman olganda tanaffusgacha o'ta xavfli vaziyatlar u qadar ko'p bo'lmadi.

Tanaffusdan keyin "Torino" faollashdi, lekin "Kalyari"da ham vaziyatlar yo'q emasdi. Nandesning uzatmasidan keyin Yankto zarba berdi. Navbatdagi vaziyatda bu ikki futbolchi rol almashdi, Yankto to'pni urugvaylikka etkazdi, ammo u darvozaga yo'llagan to'p tashqi tomondan to'rga tegdi. SHomurodov 64-daqiqada o'yinga qo'shildi va pressingda faol edi, lekin unda golli vaziyatlar yuzaga kelmadi. Oxirgi daqiqalarda Buondjornoning uzoq masofadan bergan zarbasidan keyin Radunovich yana o'yinga qo'shilishiga to'g'ri keldi. Umumiy qilib olganda durang o'yin uchun adolatli natija bo'ldi.


"Milan" safarda "Bolonya"ni mag'lubiyatga uchratdi

Bologna

Serie A . 1-tur

21/08/2023, 23:45

2
:
0
Tugadi

AC Milan

Olivier Giroud - 11', Christian Pulisic - 21'

Stadion: Stadio Renato Dell'Ara, 30203 tomoshabin

Bosh hakam: Luca Pairetto

45'
90'
30'  Michel Aebischer
46'  Nikola Moro (Riccardo Orsolini)
72'  Nicolas Dominguez (Oussama El Azzouzi)
77'  Joshua Zirkzee
87'  Joshua Zirkzee (Sydney van Hooijdonk)
87'  Lewis Ferguson (Kacper Urbanski)
87'  Charalambos Lykogiannis (Tommaso Corazza)
11'  Olivier Giroud
11'  Tijjani Reijnders
21'  Christian Pulisic
21'  Olivier Giroud
51'  Theo Hernandez
73'  Olivier Giroud (Noah Okafor)
73'  Davide Calabria (Pierre Kalulu)
73'  Ruben Loftus-Cheek (Tommaso Pobega)
74'  Christian Pulisic (Samuel Chukwueze)
76'  Rade Krunic
88'  Malick Thiaw (Simon Kjaer)

40-soniyadayoq "Bolonya" hisobda oldinga chiqib olishi mumkin edi, agar Lyannikopolus yo'llagan to'pi to'singa emas, darvozaga borib tushganidami... "Milan" esa bunga gol bilan javob berdi. Krunich to'pni jarima maydonchasiga tashladi, Reynders uni Jiruga yo'lladi va Olive ustalik bilan darvozaning bo'sh burchagini nishonga oldi. Gol o'tkazib yuborgan "Bolonya" ko'p hujum uyushtirardi, lekin "Milan" kerakli vaqtda javob bera oldi. Juruning uzatmasidan so'ng Pulishich uzoq masofadan yo'llagan kuchli zarbasi bilan Skorupskini tekshirib ko'rdi. Tanaffusgacha "Bolonya" yana xavfli hujumlar uyushtirdi, lekin samara chiqara olmadi.

Ikkinchi bo'limda "Bolonya" yana hujumkor futbol namoyish etishga urinardi. Zikereke faol edi, ammo Menyan ishonchli harakat qilardi. Bo'lim o'rtalariga kelib Fergyusonda vaziyat yuzaga keldi va "Milan" himoyasi bu safar ham pand bermadi. Mehmonlar ikkinchi bo'limda hisobdan kelib-chiqib harakat qildi va hujumga o'tavermasdi. SHu o'rinda, Leao u qadar yaxshi sport formasida emasligi va omadsiz o'yin o'tkazganini takidlash lozim. Natijada, "Milan" mavsumni g'alabadan boshladi.

SHuningdek, "Lechche" "Lacio"ni, "Atalanta" esa "Sassuolo"ni engdi, "Roma" va "Salernitana" murosa ko'chasini tanladi. 


Sergey Rumyancev 

Nozima To'xtamirzaeva tarjimasi

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика