“Poxang Stilers” – Janubiy Koreya chempioni!
02 dek 2013 12:54
Yangiliklar

“Poxang Stilers” – Janubiy Koreya chempioni!
Kecha Janubiy Koreya chempionatida oxirgi tur o'yinlari bo'lib o'tdi.
Safarda “Ulsan Xyunday” mehmoni bo'lgan “Poxang Stilers” 1:0 hisobida g'alaba qozonib, 74 ochko jamg'argan holda chempionlikni qo'lga kiritdi.
Bu o'yinda “Ulsan”ga ham g'alaba kerak edi, biroq ular o'z maydonlarida yutqazib qo'yishdi. Uchrashuvdagi yagona gol 89-daqiqada Kim Von Il tomonidan kiritildi. Ushbu g'alabadan so'ng “Poxang” oltin dublni qayd etdi, chunki ular o'tgan oyda “CHonbuk Motors”ni Kubok finalida mag'lub etishgandi.
SHunday qilib 2009 yilgi OFK chempionlar ligasida zafar quchgan jamoa yana mamlakat chempioni bo'ldi. Ikkinchi o'rin 73 ochko to'plagan “Ulsan”ga, uchinchi o'rin 63 ochko jamg'argan “CHonbuk Motors”ga nasib etdi. Bu yil OCHL finalida to'p surgan “Seul” esa 62 ochko bilan to'rtinchi o'rinni egalladi.

Fikrlar