So’nggi yangiliklar

16:39Ўзбекистонлик ҳакамлар ОФК семинарида қатнашмоқда  0 16:11"Пахтакор" Файзуллаевнинг трансфери ортидан қанча ишлаб олиши маълум  5 15:48"Арсенал" янги меҳмон либосини тақдим этди  2 15:25"Страсбур" "Челси" ҳимоячисини ижарага олади  0 15:04Аббос Файзуллаев фаолиятини Туркияда давом эттиради  27 14:47Ўзбекистон U-17 терма жамоаси бош мураббийи йиғинни тарк этди  2 14:30Лёв кутиб турсин (мутолаа учун)  27 14:09"Тоттенхэм" янги бош мураббийи: "Ваъда бераманки, биз албатта ўйинларда ютқазамиз"  7 13:41"Бухоро" етакчиларидан бири билан битимни бекор қилди  4 13:28Погба: "Рэшфорднинг "Барселона"га ўтиши – ақлсизлик, МЮ ажойиб ўйинчини йўқотмоқда"  9 12:59"Like Сup"да финалчилар маълум бўлди  0 12:49Пол Гаскойнни ҳушсиз ҳолда топишди  1 12:20Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Саудия Арабистонига қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум  0 12:00Камолиддин Мурзоев: "У яна топ-5га қайта олади, Шомуродов-Файзуллаев тандемидан ўзбек футболи ва терма жамоа ютади"  9 11:31"Рома" "Ланс" футболчисини сотиб олди  0

Potter: "Yoqimsiz hissiyotlar" Yangiliklar

Potter: "Yoqimsiz hissiyotlar"

"CHelsi" bosh murabbiyi Grem Potterning fikriga ko'ra, jamoasi "Everton"ni mag'lub etishga loyiq edi.

Londonliklar so'nggi daqiqada gol o'tkazib yuborib, g'alabani qo'ldan chiqardi.

"O'ylagan ko'plab ishlarimizni amalga oshira oldik, biroq o'tkazib yuborilgan gollar dilni xira qilmoqda. Uch ochko olish uchun etarli darajada chiroyli o'yin ko'rsatdik deb o'ylayman. Ammo yaxshi himoyalana olmasang, natijaga ham erishib bo'lmaydi.

Standartlardan keyin to'p uchun kurashlarda mag'lub bo'lyapmiz, bunday holatlarda raqiblar xavfli vaziyat yaratishadi. "Everton"ga ham tan berish kerak. Ular vaziyatlardan gol urishda yaxshi bo'lishdi, biroq aslida biz yaxshiroq bo'lishimiz kerak edi.

Biz hujum qilayotgan vaqtda ularning himoyasi sochilib ketdi. Lekin biz himoyalanishimiz kerak bo'lgan vaqtda ular standartlar orqali katta bo'shliqlar yaratib olishdi, biz esa unday qila olmadik.

Feliks faol o'ynadi, Xavertc va Pulishich yaxshi harakat qilishdi, CHilluell va Jeyms etarli darajada kengroq ochilishdi. Enco va Kovchich yarim himoyada ishonchli harakat qilishdi. Barchamiz xafamiz, uch ochko olishni istagandik.

Kante zaxirada qoldi, u o'yinlarga tushishga tayyor. Aslida uning maydonda bo'lishi biz uchun foydali edi, biroq bunday og'ir o'yinda maydonga tushirish qiyin bo'lardi", - dedi Potter.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика