Potter yirik g'alabadan so'ng: "O'yinning boshida asabiylashdik"
06 okt 2022 09:53
Yangiliklar
Potter yirik g'alabadan so'ng: "O'yinning boshida asabiylashdik"
"CHelsi" bosh murabbiyi Grem Potter "Milan"ga qarshi o'yindagi g'alabadan so'ng (3:0) o'z fikrlarini bildirdi.
"Jamoamiz uchun ajoyib oqshom. Biz yaxshi o'ynashimiz kerak edi. Futbolchilar ishga fantastik munosabatda bo'lishdi. Juda muhim g'alaba.
O'yinning dastlabki besh daqiqasida biroz asabiylashdik deb o'ylayman. Bu yaxshi o'ynashga keragidan ortiq harakat qilib yuborishdan bo'ldi.
Ammo keyin futbolchilarning "ishtahasini" ko'rdik. O'yinni nazorat qildik va raqib darvozasi oldida vaziyatlar yaratdik. Birinchi gol muhim rol o'ynadi.
Gol o'tkazib yubormay, uchta gol urdik. Futbolchilar individual tomonlama yaxshi o'ynashdi", - dedi Potter.
O’xshash yangiliklar
22:21
Angliya kubogi. "Liverpul" 4ta, "CHelsi" esa 5ta, "Lester" esa 6ta gol urdi va boshqa natijalar 4
Fikrlar