Portugaliyaning asosiy darvozaboni "Napoli"da tibbiy ko'rikdan o'tdi
23 may 2018 10:12
Yangiliklar


Portugaliyaning asosiy darvozaboni "Napoli"da tibbiy ko'rikdan o'tdi
"Sporting" darvozaboni va sardori Ruy Patrisiu "Napoli"ga o'tishga juda yaqin.
Bu haqda "Rai Sport" xabar berdi. Manbaning malumotiga ko'ra, portugaliyalik kiper italyan klubida tibbiy ko'rikdan o'tgan. Patrisiu bilan 4 yillik shartnoma imzolanishi kutilmoqda. Mana shu vaqt ichida u 8 million evro ishlab oladi.
30 yoshli darvozabon "Sporting" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi va butun faoliyatini aynan shu jamoada o'tkazgan. Uning jamoadan ketishiga muxlislar bilan kelishmovchilik sabab qilib ko'rsatilmoqda. Yaqindagina jamoaning 50ga yaqin muxlisi klub bazasiga bostirib kelgan va futbolchilarni kaltaklashgan edi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar