50 nafar muxlis mashg'ulot bazasida futbolchilarni kaltakladi (FOTO+VIDEO)

Aslanov Jasurbek
16 may 2018, 12:49
Lissabonning "Sporting" klubi futbolchilari o'z mashg'ulot bazasida ishqibozlar tomonidan kaltaklandi.

Muxlislar jamoa bosh murabbiyi Jorje Jezush va uning yordamchisi Raul Xoseni haqoratlashgan. "Sporting"ning bazi futbolchilari jiddiy shikastlanishdi. Eng ko'p zarar ko'rgan Bas Dost bo'ldi, ishqibozlar bir necha bor uning boshiga zarba berishdi.


Ayni damda mahalliy policiya 15 kishini hibsga olgan.

Futbolchilarning takidlashicha, voqeada klub rahbariyati aybdor: Ular o'yinchilarning xavfsizligini taminlab bera olishmadi. Endi futbolchilar mamlakat Kubogi finalida ishtirok etishdan bosh tortishmoqda.

TAS-IX

Ko'chirib olish (skachat)


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: O Jogo