Portugaliya termasi yangi bosh murabbiyi bilan og'zaki kelishib oldi
07 jan 2023 21:39
Yangiliklar
Portugaliya termasi yangi bosh murabbiyi bilan og'zaki kelishib oldi
Roberto Martines katta ehtimol bilan Portugaliya termasi bosh murabbiyi bo'lishi kutilmoqda.
"The Athletic" xabariga ko'ra, 49 yoshli mutaxassis bu borada og'zaki rozilik bergan. Ispaniyalik mutaxassisning tanishtiruvi kelasi haftada bo'lishi kutilmoqda.
Martines JCH-2022dagi omadsiz ishtirok sababli Belgiya termasidan ketgandi. U 2016 yildan buyon Belgiyani boshqarib kelayotgandi.
JCH-2022 1/4 finalidagi mag'lubiyatdan keyin esa Fernandu Santush Portugaliya termasi boshqaruvini bo'shatgan.
Fikrlar