Portugaliya - Meksika. Uchrashuvga qancha muxlis tashrif buyurdi
02 iyu 2017 19:12
Yangiliklar
Portugaliya - Meksika. Uchrashuvga qancha muxlis tashrif buyurdi
Portugaliya hamda Meksika o'rtasidagi Konfederaciyalar Kubogi turnirining 3-o'rin uchun uchrashuviga tashrif buyurgan muxlislar soni malum bo'ldi.
Uchrashuvni stadiondan tomosha qilish uchun 42 659 nafar muxlis tashrif buyurdi. Ushbu bahs Moskvadagi "Spartak" stadionida bo'lib o'tmoqda. Arenaning umumiy sig'imi 45 360 kishini tashkil qiladi.
Eslatib o'tamiz, bugun Toshkent vaqti bilan 23:00da Germaniya hamda CHili terma jamoalari o'rtasidagi musobaqa final uchrashuviga start beriladi.
Fikrlar