Portugaliya matbuot xizmati Ruben Diashga jurnalistlarning savoliga ingliz tilida javob berishni taqiqladi
05 dek 2022 21:31
Yangiliklar
Portugaliya matbuot xizmati Ruben Diashga jurnalistlarning savoliga ingliz tilida javob berishni taqiqladi
Portugaliya terma jamoasi matbuot xizmati o'yinchilarga jurnalistlar bilan ingliz tilida muloqot qilishga ruxsat bermayapti.
Dushanba kuni o'tkazilgan o'yindan oldingi matbuot anjumanida bosh murabbiy Fernandu Santush va himoyachi Ruben Diash ishtirok etishdi.
Diash ingliz tilida savollar bergan jurnalistlarga bir necha bor ingliz tilida javob berishga urindi, biroq har safar matbuot xizmati vakili uni to'xtatib, faqat portugal tilida gapirishni talab qildi. Bu holat uchinchi marta sodir bo'lganda, futbolchi qo'llarini ko'tarib kulib yubordi.
Boshqa terma jamoalarning futbolchilari va murabbiylari savollarga ingliz tilida javob berishadi.
Jahon chempionatining 1/8 finalida Portugaliya terma jamoasi SHveycariya terma jamoasi bilan o'ynaydi. Uchrashuv 6 dekabr, seshanba kuni bo'lib o'tadi.
Fikrlar