Portugaliya Martines qo'l ostida 7 ta o'yinning barchasida g'alaba qozondi, to'plar nisbati - 27:2!

Aziz Tukhtamuradov
14 okt 2023, 07:59
Portugaliya terma jamoasi Roberto Martines boshchiligidagi 7 ta o'yinning barchasida g'alaba qozondi.

Kecha jamoa Evro-2024 saralashi doirasida Slovakiyani mag'lub etdi (3:2).

2023 yil boshidan buyon terma jamoa 7 ta g'alabaga erishdi, ushbu o'yinlarda to'plar nisbati esa 27:2 ko'rinishida bo'lib turibdi. Mazkur o'yinlarda Krishtianu Ronaldu 7 ta gol urdi. 

Endi Portugaliya navbatdagi o'yinini 16 oktyabr kuni safarda Bosniya va Gercogovinaga qarshi o'tkazadi. 

Eslatib o'tamiz, Portugaliya kechagi g'alabadan so'ng muddatidan oldin Evro-2024 masalasini hal qildi. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: sports.ru