Portugaliya JCH saralashida oxirgi 28 yil ichida ikkinchi marta o'z uyida yutqazib qo'ydi
15 noy 2021 08:37
Yangiliklar
Portugaliya JCH saralashida oxirgi 28 yil ichida ikkinchi marta o'z uyida yutqazib qo'ydi
Portugaliya terma jamoasi JCH-2022 saralashida Serbiyaga mag'lub bo'ldi.
Bu so'nggi 28 yilda o'tkazilgan 39 ta uy o'yinidagi faqatgina ikkinchi mag'lubiyatdir (JCH saralashidagi).
Birinchisi 2008 yilda Daniya terma jamoasidan uchralgan mag'lubiyatdir. O'shanda portugaliyaliklar o'z maydonida oldinda bora turib, 90 va 92-daqiqalarda o'tkazib yuborilgan gol sabab, mag'lubiyat qabul qilib olgandilar.
Kecha ham Portugaliya so'nggi daqiqalarda o'tkazib yuborilgan gol sabab, imkoniyatni boy berib qo'ygandi.
Fikrlar