Portugaliya - Germaniya. Lyov bugungi o'yin oldidan qanday fikrda?
19 iyu 2021 08:54
Yangiliklar
Portugaliya - Germaniya. Lyov bugungi o'yin oldidan qanday fikrda?
"Franciyaga qarshi o'yindan hafsalamiz pir bo'ldi. Bizga qarshi kuchli raqib o'ynadi va biz faqatgina avtogol evaziga mag'lub bo'ldi. Biz o'yinni tahlil qildik va Portugaliya bilan o'yinda barchasini to'g'irlashimiz lozimligini tushundik.
Taktikani o'zgartirasizmi? Ha, biz hujumni kuchaytirishimiz lozim.
Ronaldu bungacha Portugaliyadagi yagona yulduz edi, ammo hozirga kelib ko'p narsa o'zgargan. Ularda Silva, Fernandesh, Jota va Karvalyu bor.
Krishtianu nafaqat matbuot anjumanlarida butilkalarni chetga surib qo'ya oladi, balki muhim gollar ham uradi. U chap va o'ng oyoqlarida, boshida gollar urishi mumkin. Uning kuchli tomonlarini bilamiz, butun jamoa bo'lib uni kuzatamiz.
Portugaliya - Evropaning amaldagi chempionlari", - dedi Lyov.
Fikrlar