So’nggi yangiliklar

10:14МЮ Семеньо учун қанча тўлашга тайёрлиги маълум   0 09:45Хави АПЛнинг ТОП жамоасини бошқариши мумкин  0 09:18"Манчестер Сити" қишда икки нафар футболчиси билан хайрлашмоқчи  0 08:50Фабио Каннаваро Италия футболидаги ҳозирги муаммо ҳақида фикр билдирди  3 08:21Шомуродов Сане, Асенсио ва бошқа футболчилар билан бир қатордан жой олди  2 07:52"Нефтчи" билан чемпионликни қўлга киритган футболчи "Навбаҳор"га ўтди  5 07:38Ўзбекистон вакиллари ФИФАнинг "The Best" мукофоти учун кимларга овоз берганди?  4 03:40Испания кубоги. "Барселона" учинчи дивизион жамоасини мағлубиятга учратди  3 03:05Англия лига кубоги. ​Гарначонинг дубли "Челси"га "Кардифф" устидан ғалаба тақдим этди.  1 00:55"Манчестер Юнайтед" ва "Челси" "Ланс" ярим ҳимоячиси учун курашади  0 00:31Каннаваро, Шомуродов ва Файзиев The Best соврини учун кимга овоз беришди?  7 00:18"Барселона"нинг Испания Кубогидаги учрашуви ярим соатга кечиктирилди  0 23:57"У баскетболчими?" – Рафиньянинг рафиқаси ФИФАни танқид қилди  11 23:35Расман: "Динамо" франциялик ҳимоячи билан шартнома имзолади. Унинг охирги клуби – "Аяччо"  11 23:12Дембеле, Ямал, Беллингем, Пальмер – ФИФА 2025 йилги рамзий терма жамоани эълон қилди  7

Azizbek To'lqunbekov: Hozirgi Indoneziya avvalgisidan kuchli va yaxshi shakllangan Yangiliklar

Azizbek To'lqunbekov: Hozirgi Indoneziya avvalgisidan kuchli va yaxshi shakllangan

O'zbekiston U-20 terma jamoasi futbolchisi Azizbek To'lqunbekov Indoneziyaga qarshi uchrashuv oldidan o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

— O'yin haqida

— Juda qiziqarli o'yin bo'lib o'tadi. Murabbiylarimiz bilan birgalikda raqibimizning kuchli va kuchsiz tomonlarini o'rganib chiqdik. Jamoadoshlarim bilan yaxshi o'yin ko'rsatib, g'alaba qozonishga harakat qilamiz.

— Indoneziya bilan o'tgan yili ham o'ynagansizlar. O'sha paytdagi jamoa bilan hozirgisining farqi nimada?

— Ha, ular bilan oldin o'rtoqlik o'yinida o'ynaganmiz. O'sha paytda Indoneziya safida ham, bizning jamoamizda ham asosan yangi futbolchilar bo'lgandi. Hozirgi Indoneziya avvalgisidan kuchli va yaxshi shakllangan. Ularda ham futbol rivojlangan. Biroq biz o'z o'yinimizni namoyish etib, g'alaba uchun maydonga tushamiz.

— Siz bundan avval U-17, hozirga kelib U-20 Osiyo kubogida ishtirok etyapsiz. Bu musobaqalarning o'xshashlik va farqlari haqida nimalar deya olasiz?

— Bu ikkala musobaqa ham o'ziga yarasha futbolchilar uchun foydali, ayniqsa o'smirlar va yoshlar uchun. Lekin ularning o'rtasida farq katta, deb hisoblayman. Chunki katta yosh toifasidagi musobaqada daraja baribir boshqacha, o'yin tempi va tezlik yuqori bo'ladi. Ikkala turnirda ham raqiblar kuchli, ayniqsa yoshlar o'rtasidagi musobaqada deyarli teng kuchli jamoalar ishtirok etmoqda.

Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика