So’nggi yangiliklar

08:58"Монако" янги бош мураббийини эълон қилди  0 08:30Ҳайдаров шогирдлари бугун Қозоғистонга қарши майдонга тушади  4 08:02ЖЧ-2026 саралаш. Осиё қитъасида иккинчи тур учрашувлари бўлиб ўтди  6 07:35Мессининг бенефисига айланган баҳсда "Интер" йирик ҳисобда ғалаба қозонди  7 02:07ЖЧ саралаши. Испания, Италия, Португалияда ғалаба ва бошқа натижалар  7 00:25"Бавария" Гнабри бўйича қарор қабул қилди  0 23:16"Барселона" 17 ёшли франциялик иқтидорга қизиқмоқда  1 22:22"Ливерпуль" ПСЖ ҳимоячиси билан шартнома имзоламоқчи  5 21:484 та гол урилган Ўзбекистон U-17 ва Туркия U-17 ўртасидаги ўртоқлик ўйинидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  4 21:30Рафаэль Бенитес АПЛга қайтиши мумкин  4 20:25"Байер" футболчиси Ҳалил Коч: "Ўзбекистон кучли ва курашувчан жамоа экан"  13 19:51Садриддин Ҳасанов: "Бу ўйинда биз мураббийларнинг кўрсатмаларини тўлиқ бажара олмадик"  1 19:33Нурбек Сарсенбаев: "Бизга кучли рақиблар керак. Чунки жаҳон чемпионатидаги рақиблар бундан-да кучлироқ бўлишади"  7 19:20Ямал дербига қадар тикланмайди  10 18:56Ўзбекистон U-17 — Туркия U-17 ўртоқлик ўйинида дуранг  14

Evro-2024. Niderlandiya iroda ko'rsatib, Polshani taslim qildi Yangiliklar

Evro-2024. Niderlandiya iroda ko'rsatib, Polshani taslim qildi

Polsha hamda Niderlandiya terma jamoalari o'rtasida kechadigan Evro-2024 guruh bosqichi 1-tur uchrashuvi voqealarini shu sahifada kuzatib boring.

YANGILASH


Poland

Adam Buksa - 16'

EURO Grp. D . 1-tur

16/06/2024, 19:00

2
:
1
Tugadi

Netherlands

Cody Gakpo - 29', Wout Weghorst - 83'

Stadion: Volksparkstadion, 48117 tomoshabin

Bosh hakam: Artur Dias

45'
90'
16'  Adam Buksa
16'  Piotr Zielinski
46'  Sebastian Szymanski (Jakub Moder)
55'  Kacper Urbanski (Karol Swiderski)
55'  Taras Romanczuk (Bartosz Slisz)
78'  Piotr Zielinski (Jakub Piotrowski)
86'  Bartosz Salamon (Bartosz Bereszynski)
15'  Joey Veerman
29'  Cody Gakpo
29'  Nathan Ake
62'  Joey Veerman (Georginio Wijnaldum)
62'  Xavi Simons (Donyell Malen)
81'  Cody Gakpo (Jeremie Frimpong)
81'  Memphis Depay (Wout Weghorst)
83'  Wout Weghorst
87'  Nathan Ake (Micky van de Ven)

Polsha – Niderlandy 1:2 (1:1, 0:1)

"Folksparkshtadion"

Gollar: 1:0 – 16 Buksa, 1:1 – 29 Gakpo, 1:2 – 83 Vegorst.

Polsha – SHchensny, Salamon (Bereshinski, 86), Bednarek, Kiver, Frankovski, Zalevski, Zelinski (Petrovski, 78), Romanchuk (Slish, 55), SHimanski (Moder, 46), Urbanski (Sviderski, 55), Buksa.

Niderlandiya – Verbryuggen, Dumfris, de Vrey, van Deyk, Ake (van de Ven, 87), Sxauten, Verman (Veynaldum, 62), Reynders, Simons (Malen, 62), Gakpo (Frimpong, 81), Depay (Vegorst, 81).

Ogohlantirish: Verman (15).



UCHRASHUV YAKUNLANDI!

90+. Zalevski so'nggi daqiqada kuchli zarba bilan omadini sinab ko'rdi, ammo posbon to'pni ushlab oldi.

90. Uchrashuv asosiy vaqtida 5 daqiqa qo'shib berildi.

89. POLSHA hisobni tenglashtirishga juda yaqin keldi! Ammo Verbryuggen seyvi orqali jamoasini qutqarib qoldi.

83. GOOOOOOL! Vekgxorst! Bu safar ham Akening pasidan so'ng gol bo'ldi. Zaxiradan o'yinga qo'shilgan Vekgxorst pastlatib uzatilgan to'pni SHensni darvozasiga joylab qo'ydi.

73. De Vrey burchakdan uzatilgan to'pni boshi bilan darvozaga yo'lladi, biroz noaniq.

72. Niderlandiyaliklarda hujumlar soni, uzatmalar ko'p, ammo uni yakunlaydigan futbolchi topilmayapti.

70. Malen jarima maydonchasiga olib kirgan to'pni Depay o'ziga to'g'irlashga urindi, ammo zarbani Dumfris berdi. Vaziyat golsiz yakun topdi.

65. Malenning pasidan so'ng Dumfris uzoq burchakni nishonga olishga urindi, to'p ustun yonginasidan o'tib ketdi.

62. Polsha hujumdan qaytgisi yo'q. Bazida bunga raqiblar noaniq pas bilan yordam berib yuborishyapti.

61. Zalevski Niderlandiya darvozasini ishg'ol qilishi mumkin edi, ammo uning zarbasi o'zi o'ylagandek ideal chiqmadi.

58. Verbryuggen polshaliklarning ikkita aniq va xavfli zarbasini qaytarishga muvaffaq bo'ldi.

54. Simons juda zo'r vaziyatdan darvozani nishonga ola bilmadi. SHoshib qolgan Xavi biroz ikkilanib to'pga zarba berdi va natija ham shunga yarasha.

48. Niderlandiyaliklar raqib jarima maydonchasida qamal uyushtirib, darvozani tinimsiz o'qqa tutishmoqda.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi va niderlandiyaliklar hisobdan oldinga chiqib olishga yaqin kelishgandi, biroq Polsha bunga imkon bermadi.

Tanaffus!

45+1. Depaaaaaay... Memfis to'pni to'xtatib, qiyinchilik bilan darvozabonga teskari yo'nalishda zarba berdi. To'p ustun yonginasidan o'tib ketdi..

45. Reyndersning kuchli zarbasidan so'ng to'p muxlislar o'tirgan tribunaga qarab uchdi.

42. Ake va Gakpo juftligi Niderlandiyaning ikkinchi goliga ham muallif bo'lishi mumkin edi, ammo Kodi bergan zarbadan so'ng to'p darvoza ustidan o'tib ketdi.

37. Niderlandiyaliklarning o'ng qanotdan himoyani yorib kirish rejasi ish bermadi.

32. Sening futbolga yasanib keladigan do'sting.

29. GAKPOOO! Hisob tenglashdi. Gakponing jarima maydonchasi tashqarisidan bergan zarbasidan so'ng to'p himoyachiga tegib, darvozabon kutmayotgan tomonga burildi va to'rga kirib ketdi.

28. Gapkpodan yana bir zarba, bu safar noaniq.

25. Polshaliklar hujumlar yomg'iri ostida qolishmoqda, ularning darvozasi ortida esa bir necha ming niderlandiyalik muxlislar o'tirishibdi.

22. Futbol bahsiga basketbolchilarga o'xshagan bog'ich bilan kelgan Depay darvozani nishonga ola bilmadi. Masofa yaqin edi...

20. ZARBAAA! Virjil burchakdan uzatilgan to'pni qaysi uslubida darvozaga yo'lladi, SHensnidan navbatdagi seyv!

18. Niderlandiya terma jamoasi muxlislari Virjil van Deykka ishonishgandi, biroq hozircha u ishonchni oqlamayapti.

17. Hamma Niderlandiyadan gol kutayotgan paytda Polsha hisobni ochdi! Adam Buksa burchakdan uzatib berilgan to'pni darvozaga to'g'irlab qo'ydi.

10. Polshalik muxlislarning fikricha, Polsha kolbasasi Niderlandiya pishlog'idan yaxshiroq emish. Siz qanday fikrdasiz?

5. Niderlandiyaliklar raqib darvozasidan uzoqqa ketishmayapti, tez orada vaziyatlar gol bilan yakunlanishi mumkin. 

2. ZARBAAA! Gapkoning o'tkir burchakdan bergan zarbasidan so'ng SHensni seyv amalga oshirdi.

1. Uchrashuv boshlandi.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика