Pol Pogba: "SHartnomam haqida o'ylamayapman"
05 avg 2014 23:29
Yangiliklar
Pol Pogba: "SHartnomam haqida o'ylamayapman"
"Yuventus" jamoasi yarim himoyachisi Pol Pogba turinliklar safida o'zini baxtiyor his etayotganini aytib o'tdi.
Konte va Allegri ikkita eng yaxshi murabbiylardan hisoblanishadi. Konte ketdi, Allegri keldi. Bu ikkala mutaxassis o'z ishlarining ustalari hisoblanishadi. Allegri bilan katta muvaffaqiyatlarga erishishni istaymiz. Jamoada har doim muhit ajoyib darajada bo'lgan.
Biz yangi mavsumga yangi maqsadlar bilan tayyorgarlik ko'rmoqdamiz.
"Yuvnetus"da o'ynayotganiligimdan baxtiyorman. Men hozircha shartnomamni uzaytirish borasida o'ylayotganim yo'q. Ayni paytda barcha diqqat etiborim faqat mashg'ulotlarga qaratilgan.
Fikrlar