Pol Pogba: "Irqchilik uchun kurashda qora tanlilar allaqachon g'alaba qilib bo'lgan"
18 iyu 2023 10:54
Yangiliklar


Pol Pogba: "Irqchilik uchun kurashda qora tanlilar allaqachon g'alaba qilib bo'lgan"
"Yuventus" futbolchisi Pol Pogba dunyoda irqchilik bilan kurashda allaqachon g'oliblar aniq bo'lganini aytdi.
"Umuman olganda, biz allaqachon g'alaba qilib bo'lganmiz. Qora tanlilar g'alaba qilgan. Biz kabilar qancha vaqt quldek yashashgan? Ammo hozir biz ham futbol o'ynayapmiz. Biz ham avtobuslarda yuribmiz. Bizning ham mashinamiz bor. Men uchun bu g'alaba.
Qora tanlilar jamiyatning ajralmas bo'lagi bo'lib ulgurgan. Mana. Yana nimani g'alaba deb hisoblayman? Masalan, oq tanli yigitlar mening libosimni kiyib olib, mendan dastxat so'rashi, rasmga tushishi. Bu balki mening g'alabamdir", - dedi Pogba.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar