Pol Merson: "Arsenal" "Siti"ga yutqazsa, chempionlik poygasidan chiqadi"
25 sen 2023 23:49
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/764952_original.jpg)
![](/upload/storage/764952_220.jpg)
Pol Merson: "Arsenal" "Siti"ga yutqazsa, chempionlik poygasidan chiqadi"
"Arsenal" sobiq futbolchisi Pol Mersonning fikricha, London klubining "Manchester Siti"ga qarshi bahsi "to'pchilar" uchun muhim ahamiyatga ega.
APLning 8-tur o'yinlari doirasida "Arsenal" "Siti"ni qabul qiladi, bahs 8 oktyabr kuni bo'lib o'tadi.
"Agar "Arsenal" "Manchester Siti"ga mag'lub bo'lsa, ular chempionlik poygasidan chiqishadi. Farq 7 ochkoga etishi mumkin.
Ko'pchilik aytishi mumkin: "Hali o'yinlar ko'pku". Ammo yana 600ta o'yin bor bo'lsa ham "Arsenal" "Siti" bilan 7 ochkolik farqni yo'qqa chiqara olmaydi. Buni to'g'irlab bo'lmaydi, ushbu bahsdan so'ng London klubi "Siti" bilan bir marta mehmonda to'qnash keladi" - deydi Merson.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar