Pogrebnyak Toshkentning “Lokomotiv” jamoasi azosiga aylandi
02 jan 2020 19:38
Yangiliklar


Pogrebnyak Toshkentning “Lokomotiv” jamoasi azosiga aylandi
Rossiyalik 27 yoshli hujumchi Kirill Pogrebnyak Toshkentning “Lokomotiv” klubi bilan shartnoma imzoladi.
1 yanvar kuni «Falkenberg»ni (SHveciya) erkin agent sifatida tark etgan Kirill “temiryo'lchilar” safiga kelib qo'shilgan.
U Rossiya terma jamoasining sobiq azosi Pavel Pogrebnyakning ukasi hisoblanadi. 2018 yil Kirillning egizagi Nikolay ham poytaxt jamoasi tarkibida harakat qilib, 2ta o'yinda maydonga tushgandi.
Eslatib o'tamiz, Kirill Pogrebnyak «Falkenberg»dan tashqari, “Tom”, “Fakel” (Voronej), “Zenit-2” hamda “Baltika” kabi Rossiya klublari sharafini himoya qilgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar