Pogba yolg'on ma'lumot tarqatgani uchun The Sun'ni sudga beradi

Eldor Akmurzayev
26 okt 2020, 19:25
Avvalroq, The Sun nashri orqali “Manchester Yunayted” xavbeki Pol Pogbaning Fransiya prezidenti Emmanyuel Makronning so'zlari sabab terma jamoadan ketayotgani haqida xabar chiqqandi.

Biroq, Pogba ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali bu ma'lumotlar “feyk” ekanligini aytdi.

“Ushbu yolg'on xabarni tarqatgan va bunga sababchi bo'lganlarga nisbatan sudga murojaat etmoqchiman. Odatda barchasiga beparvo yondashadigan The Sun haqida qisqacha gapiraman: “Barchangiz maktabga borgansiz va o'qituvchingiz sizdan doimo manbani tekshirmay va ishonch hosil qilmasdan biror narsani yozib bo'lmasligini uqtirgani haqida eslasangiz kerak. Biroq, siz buni yana takrorladingiz, bu safar juda jiddiy mavzuda. Uyat sizlarga!”, deya javob qilgan Pogba.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: twitter.com/paulpogba