Pogba PSJga o'tishga yaqin. Rayola muzokaralarni davom ettirmoqda
05 iyu 2021 23:31
Yangiliklar
Pogba PSJga o'tishga yaqin. Rayola muzokaralarni davom ettirmoqda
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Pol Pogba jamoani tark etishi mumkin.
"RMC Sport" xabariga ko'ra, futbolchining agenti Mino Rayola PSJ bilan muzokaralarni faol tarzda davom ettirmoqda. O'z navbatida mankunianliklar rahbariyati ham kelasi yili shartnomasi yakunlanadigan futbolchisini sotib yuborishni istamoqda.
O'tgan mavsumda Pogba APLda 26 o'yinda qatnashib, 3 gol urdi.
Fikrlar