Pogba "Old Trafford"ni qo'ltiqtayoqda tark etdi FOTO
13 sen 2017 20:03
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/277535_original.jpg)
![](/upload/storage/277535_220.jpg)
Pogba "Old Trafford"ni qo'ltiqtayoqda tark etdi FOTO
Kecha Evropa CHempionlar ligasining guruh bellashuvlariga start berildi.
Angliyaning "Manchester Yunayted" klubi o'z maydonida SHveycariyaning "Bazel" jamoasini qabul qildi va 3:0 hisobida mag'lub etdi. Afsuski, ana shu uchrashuvda MYUni sardor sifatida maydonga boshlab tushgan Pol Pogba jarohat olib 19 daqiqada Maruan Fellayniga almashtirildi.
Markaziy yarim himoyachining tizzaosti mushaklari shikastlandi. Pogba oxirgi 6 oy ichida ikkinchi bor mana shunday jarohat olmoqda. O'tgan mavsum Evropa ligasi doirasida "Rostov"ga qarshi bahsda ham Pol huddi shunday jarohat olgan edi. O'shanda, Pogba kutilganidan ertaroq 3 haftada safga qaytgan edi. Hozir esa vaziyat qandayligi nomalum.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar