Pogba: "Jarohatdan deyarli forig' bo'ldim"

Mirjalol Normatov
12 apr 2020, 10:43
"Manchester Yunayted" forvardi Pol Pogba yaqin vaqtlar ichida jarohatdan deyarli tuzalishini ma'lum qildi.

2020 yilning yanvar oyida futbolchining to'pig'ini operaciya qilishgandi.

"To'p bilan mashg'ulotlarni boshladim. Uzoq muddat bir oyoqda yurdim, endi esa deyarli safdaman. Endi qachon umumiy guruhga qaytishni o'ylayapman.

Faoliyatimda bunday holat hali bo'lmagan. Shu boisdan bu menga ishtiyoq va maydonga qaytishga kuch beryapti", - dedi Pogba.

Oldinroq futbolchi "Yuventus"ga o'tishi mumkinligi aytilgandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: United Podcast